Bugun darsga kirdim, 8 sinflarga "Huquqshunoslik" fanidan. Oxirida savol va topshiriqlarni bajardik. Quyidagi savol ham bor ekan:
"Siz o'z huquqingizni bilmaslikdan aziyat chekkanmisiz?"
Bir o'quvchi turib shunday javob qildi:
- Ustoz, man Boburga falon so'm pul qarz bergandim, lekin mani guvohlarim yo'q edi. Ana endi pulimni ololmay yotibman
Man ham aytdim: endi qarz berganingda 2 guvohni yonida bergin...
OFF.: bunday vaziyatlar ayniqsa maktabda juda ko'p bo'ladi, keyinchalik ham bu blogga kiritaman, inshoAlloh