Teddi (hikoya). Yuriy KazakovBahaybat, qo‘ng‘ir ayiqni Teddi deb atashardi. Boshqa hayvonlarning ham nomi bor edi-yu, lekin Teddi ularni sirayam eslayolmas, doim adashtirib yurardi. Faqat o‘z laqabini yaxshi bilar, qachon chaqirsalar quloq solar va aytganlarini bajarardi.
Uning hayoti juda zerikarli edi. U allazamonlarda beri tsirkda ishlardi. U itoatgo‘y, yuvosh bo‘lib qolgan va endi unga qafasning hojati yo‘q edi, ammo shunga qaramay odatlari bo‘yicha qafasda saqlashardi. Teddiga hech narsaning qizig‘i qolmagan, hammasi joniga tekkan, faqat tinch qo‘yishlarini istardi. Biroq u keksa tajribali artist bo‘lganidan sira hol-joniga qo‘yishmas edi.
Onlineda o'qishYuriy Kazakov. Teddi (hikoya, кирилл алифбосида)Saqlab olish (PDF, 192 Kb)