"œUlar ahmoqlar yetarli ekanligini juda yaxshi biladilar", — dedi Antonning onasi.
Anton baribir fikridan qaytmadi. "œBordi-yu, shu tanlovda besh kishigina qatnashadigan bo‘lib qolsa, unda velosipedlarning bittasi menga tegadi, shunday emasmi?"
"œAmmo beshtadan ko‘p kishi qatnashadi-da". Antonning onasi sabrsizlandi.
"œSen qayerdan bilasan?" — so‘radi Anton.
Antonning onasi endi toqat qilolmay qolgandi. "œBo‘ldi endi, baribir keragidan ziyod suli yormasi sotib olish haqida bosh qotirmoqchi emasman".
"œUnda markalar yig‘ishim bir necha oyga cho‘zilib ketarkan", — arazladi Anton.
"œXuddi shunday, o‘g‘lim", — dedi Antonning onasi. U "œo‘g‘lim" deganida ko‘pincha jahldor holda bo‘lardi.
Anton buni nohaqlik deb bildi. U indamaygina likobchasiga bir quti suli yormasini bo‘shatdi-da, uni alam bilan chaynab yuta boshladi.
Onasi unga bir oz noxush qarab turdi-da, dedi: "œBundan keyin shunchalik ko‘p yeydigan bo‘lsang, velosipedning ustiga chiqolmaydigan bo‘lib qolasan".
"œVelosipedim bo‘lsa, ozishga harakat qilaman", — javob berdi Anton og‘zidagini chaynab.
Antonning mushugi qochib ketdi. U mojaroni nam panjalaridan ham battar yoqtirmasdi. Keyingi kuni Anton maktabiga borib, doskaga yozdi: "œLazzatli suli yormasi markalariga eski Mikki Maus jurnallarini almashaman".