Vijdon azobi...
1. O'shanda ancha yosh va chapani bola edim. Bir kuni yumush bilan bozorga bordim. Bozor gavjum. Otang bozor, onang bozor deganlaridek, u yerda turli toifani uchratasiz. Asta rastalar orasida o'zimga kerakli buyumni qidirib yura boshlagandim, antiqa vaziyatga duch keldim. Bir yosh bola astagina katta yoshdagi ayolning sumkasiga qo'l tiqdi-da, koshelyogini olib boshqa o'rtog'iga uzatdi. Men uni ko'rib turgandim. Asta yugurib borib, haligi boladan hamyonni qaytarishini so'ramoqchi bo'ldim. U bola yugurib chetga chiqib ketdi. Men ham uning orqasidan yugurdim. U bola hamyonni oldi-da, chekkaroqqa o'tib, 2 ta kattaroq bolalarga uzatdi. Men esa ularning oldiga borib, hamyonni qaytarishlarini talab qildim. Ular esa ikkovlon meni masxara qilib, do'pposlashdi. Yerga yiqilib qoldim. O'rnimdan turganimda esa ikkalasi ham qochib bo'lgandi. O'shanda vijdon azobidan qiynalgan edim. Nega odamlar bunday? Kimgadir yaxshilik qilmoqchi bo'lib, kaltak yeb o'tiribman-a? O'shanda odamlardan yordam so'rab o'g'rining ta'zirini berish kerakmidi? Haligi ayolning holi ne kechdi?
Siz nima deysiz, forumdoshim?