9. Ulamolardan ilm o'rganishlik
Ilm bu ulamolardan o'rganilishi lozimdir. Ulamolar Islom aqidasi, qonun-qoidalarini to'g'ri tushunishadi va uni bizlarga to'g'ri holda o'rgatishadi. Hamda bundan tashqari amal qilishlari orqali ham ulamolar boshqalarga juda foydali namunadir.
Quron va sahih hadislarni qanday qilib to'g'ri Salaflar tushungandek tushunishni biz Salaflar yo'lida bo'lgan ulamolardangina o'rgana olamiz.
Shu sabab ham doimo haqiqiy ulamolarni tanishlik, ularning kitoblari, maruza hamda maqolalari bilan tanishishga, ularni darslariga qatnashishga qiziqishlik va shunga yarasha ulardan ilm olishlik aqlli insonning ishidir.