Ichish va chekishning zararlari  ( 31986 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Farida  25 Mart 2008, 09:36:54

ИЧИБ, ЧЕКИБ, ЯШАСААГИЗ

Инсон организми табиат билан бевосита боғлиқ бслгани сабабли табиий таассуротлар иқлим, скологик муҳит, сшаш шароит, турмуш тарзи ҳам бошқа аъзолар каби жинсий аъзолар фаолистида маълум бир сринни сгаллайди.

Тамаки чекишнинг инсон организмига бслган зарарли таъсири жуда ксп десак снглишмаган бсламиз.

Аегаки тамаки таркибида, асосан никотин бслади. Ушбуни чеккан кишининг дастлаб нерв ва бошқа тсқималарда кучли қсзғатиш пайдо бслади. Бу бора-бора бошқа аъзоларга съни нерв, юрак қон томирлари, нафас, сндокрин ва овқат ҳазм қилиш аъзоларига салбий таъсир стади.

Qayd etilgan


Farida  25 Mart 2008, 09:38:01

Чекиш оқибатида никотин организмга аста-секин кириб турар скан, асаб тизимига тинчлантирувчи бслиб таъсир стгандек туюлсада, аммо кейинчалик организмга таъсири кучайиб, зарарли оқибатларга олиб келади. Ҳаддан зиёд ксп чекиш барча ички аъзолар билан биргаликда марказий нерв тизимига ва у идора стувчи жинсий аъзоларга таъсир стиб, сз навбатида жинсий фаолистни кескин бузилишига сабаб бслади.

Бундан ташқари сезги пасаср скан, жинсий хиссиёт ҳам тобора сусайиб боради.

Шуни алоҳида сслатиб стиш жоизки тамаки чекишдан ҳосил бсладиган коняероген моддалари, айниқса, бензоприн она ва ҳомилага ёмон таъсир ксрсатади. Чекувчи аёллар орасида ҳомиладорликни рсй бериши қийин бслади ёки бола тушиш хавфи кучасди.

Qayd etilgan


Farida  25 Mart 2008, 09:38:38

Алкогол - спиртли ичимликларни меъёридан ортиқ истеъмол қилиш организмдаги барча ҳаёт учун зарур аъзолар ва тсқималарга, жумладан сийдик йсллари ва жинсий безларга алоҳида таъсир қилиб турли хил касалликларни юзаланишига омил сратади.

Спиртли ичимликлар безларда ишлаб чиқариладиган гармонни пасайишига олиб келиб, жинсий аъзолар ва уларнинг безларига ишлаб чиқарувчи гармонни идора стиб турувчи гонадотропин гармонини ишлаб чиқарувчи бош мисда жойлашган гипоталампс-гипофиз бези орасидаги мувозанатни бузилишига имкон сратади. Бунинг натижасида сса, алькоголизмга хос бслган жинсий камқувватлик келиб чиқади.

Qayd etilgan


Farida  25 Mart 2008, 09:39:48

Спиртли ичимликларни ксп истеъмол қилиш нафақат нерв тизимини, балки жинсий аъзолар ва улар маркази, шунингдек, организмдаги ҳамма аъзо ва тсқималарга салбий таъсир ксрсатиб, ҳатто аста-секинлик билан ички аъзолар фаолистини бузади. Алкоголни айниқса, жигар фаолистига таъсири алоҳида срин сгаллайди. Жигардаги сзгаришлар гонадотронин гармонини ишлаб чиқарилишини пасайтиради, шунингдек, уруғ йсллари ёғ тсқимасига, моск перенхимаси бириктирувчи тсқималарига айланиб, моск простата бези атрофиссига учрайди ва бу фарзандсизликка ҳам олиб келиши мумкин. Шунингдек, маст ҳолда муносабатга киришилганда, ҳомиладорлик вужудга келса, ҳомила тушиш хавфи ошади ёки туғилган бола асаб ва руҳий касалликлар асорати билан туғилиши мумкин. А­нг таажжублиси буйрак фаолистига ёмон таъсир қилади, сийдик чиқишини кучайтиради.

Ксп ичилса, буйрак жиддий шикастланиши ва оғир асоратларга олиб боради.

Аима бслганда ҳам жинсий заифликка слтувчи чекиш, ичиш каби зарарли иллатлардан бутунлай воз кечиб, тан сиҳатлик учун курашиб сшаб, келажагимизга муносиб, тсрт мучаси чоғ фарзандларни дунёга келтиришимиз керак.

Соҳибжон Аисзов,
Ааманган вилост ксп тармоқли шифохонаси маслаҳат поликлиникаси шифокори.

А­кспресс Инфо

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Yanvar 2010, 06:28:50



Allohga hamdu sanolar, payg’ambarimiz, uning oilasi, sahobalari va ularga yaxshilik bilan ergashgan kishilarga salavot va salomlar bo’lsin.
So’ng...
Islom ummati, xususan, uning yosh avlodi mast qiluvchi ichimliklarni ichish va sigaretlarni chekish kabi og’u va yomon odatlarga mubtalo bo’ldi. Musulmon yoshlarning axloqini buzishda Butunjaxon Yaxudiy xarakatlarining katta xissasi bor. Chunki bu xarakatlar e’tiqodsiz musulmonlarni yetishtirish hamda musulmonlarning izzat va sharafi qolmasligini maqsad qilib ommaviy axborot vositalari, siyosat va ta’lim-tarbiya ishlariga hukmron bo’ldilar... «Ular makr qiladilar. Alloh ham makr qiladi. Хolbuki, Alloh makr kilguvchilar(ning makriga yarasha jazo beruvchilar)ning yaxshirog’idir». (Anfol: 30)
Ey, chekuvchi do’stim, Islomiy birodarlik, bir-birimizga bo’lgan e’tibor, ezgulik va taqvo asosida hamkor bo’lish hamda sizning qabul qilishingiz va jiddiy e’tibor berishingiz uchun ushbu risolani yozmoqdamiz. Shoyad Alloh taolo buni siz uchun foydali qilsa. Bundan tashqari, biz ushbu risolada chekishning Islom va tibbiyot nuqtai nazaridan zararlarini ham bayon qilmoqchimiz.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Yanvar 2010, 06:29:26

Chekish tarixining boshlanishi

Тakriban melodiy 1492 yilda ba’zi Yevropalik sayyohlar Amerika qit’asini kashf etdilar va u yerda tamaki (sigara) daraxtini ko’rdilar. Sigara Islom olamida xijriy o’ninchi asrda paydo bo’ldi. Uni masixiylar olib keldilar.
Sigaret og’ir zaxarli ko’rg’oshin oksidi (ROZ), saraton (rak) kasalligiga sabab bo’ladigan benzoburin moddasi, nikotin, hasharotlarni o’ldirishda qo’llaniladigan, spirt va zaxarli bo’lgan boshqa moddalarni o’zida jam qilgan.



Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Yanvar 2010, 06:40:53

Chekishning zararlari



Chekishning insonga katta zararlari bo’lib, u turli kasalliklarni kelib chiqishiga sababdir. Ulardan: saraton (rak), sil, ogiz, lab, til, kichik til, xazm va nafas olish a’zolarining yallig’lanishi hamda siydik yo’llari kasalliklari. Chekishning naslga, bundan tashqari ishlab chiqarishga ta’siri, iqktisodiy zararlari bo’lib, yongin va yo’l harakati xodisalari, atrof-muhitni kirlanishi va bundan boshqa ummat uchun ko’p zararlari bor. Bu balodan qutulishda Alloh o’zi quvvat bersin.
Chekishning harom ekaniga Allohning Kitobi va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan dalillar:
Sigaret Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yashagan davrda yo’q edi. Shunday bo’lsada, biznig muazzam dinimiz, ostida ko’plab juz’iy narsalar yotgan umumiy asoslarni olib keldi. Islom ulamolari ushbu umumiy asoslar bilan chekishning harom ekaniga dalillar keltirdilar:
*Alloh taolo dedi: «U payg’ambar....pok narsalarni ular uchun halol va iflos narsalarni ularga harom qiladi». (A’rof: 157) Zarracha aqli bo’lgan odam chekishnig iflos-jirkanch narsalardan biri ekanida shubha qilmaydi. Chunki «iflos» so’zi ta’mi va hidi nafratli bo’lgan narsa uchun iste’mol qilinadi. Sigaret shundaydir. Хolbuki, din va tibbiyot olimlari sigaretning iflos narsa ekaniga ittifoq qilganlar.
*Alloh taolo dedi: «Hech ham isrof qilmang! Chunki isrof qiluvchilar Shaytonlarning do’stlaridir». (Isro’: 27)
*«Isrof qilmanglar! Alloh isrof qiluvchi kimsalarni yoqtirmaydi» (An’om: 141)
«(Qo’l ostingizdagi) aqlsiz kimsalarga Alloh sizlar uchun turmush vositasi qilib qo’ygan mollaringizni berib qo’ymangiz» (Niso: 5)

«aqlsiz»-boyliklarni o’rinli tasarruf qila olmagan kimsadir.
Rasulullloh sallallohu alayhi va sallam : «Alloh sizlar uchun mish-mish, ko’p savol berish va molni zoye qilishni harom qildi»-dedilar. (Muttafaqun alayhi).
Shubhasiz, chekish-molni zoye kqilish, demakdir. Chunki u Alloh taolo aytganidek: «Na semirtiradi va na och qorinni to’ydiradi». (Goshiya: 7)



*Alloh taolo dedi: «O’zingizni o’zingiz o’ldirmanglar! Alloh sizlar uchun rahmlidir». (Niso: 29)
Kashanda shar’iy dalilsiz halokatli narsalarni iste’mol qiladi va o’z jonini hilma-hil kasallaklarga mubtalo qiladi. Ulamolar zaxar, tuproq, shisha, tosh va zararli bo’lgan barcha narsalarni iste’mol qilishni sog’liqni himoya qilish uchun harom qildilar.
Rasullulloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «... Zaxar ichib o’z jonini qatl etgan kimsa jahannam olovida zaxarlarni mangu ichadi». (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)
Chekish — o’z jonini asta-sekin qatl etish, demakdir. Тabiblar o’limining sababi chekish bo’lgan kimsalarni o’z jonlariga suiqasd qilgan deb xisoblaydilar. Alloh saqlasin! Bir jonni o’ldirish esa, u bevosita yoki bilvosita, sekin yoki tez bo’lsin, haromdir. Chunki natija bir hildir... Kashandaning o’z jonini qatl qilish uchun harakat qilayotganligida shak-shubha yo’qdir.
Chekish ba’zida o’limga olib bormasada, lekin, kashanda o’z quvvatini yo’qotadi. Balki, chekish inson vujudi va quvvatini parchalab tashlaydigan hatarli kasalliklarga olib boradi.



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalardan qaytardilar. (Hasan hadis. Abu Dovud va Imom Axmad rivoyati)
«Bo’shashtiruvchi» - inson vujudida kayf va odatlanishni keltirib chiqaradi. Kashanda buni (aroqxo’r kabi) his etmasada, haromlik o’z kuchida qoladi. Chunki uning asli aroqqa qiyoslanadi. Ya’ni ko’pi mast qilgan narsaning ozi ham harom bo’ladi. Aroqning bir necha qatrasi yangi boshlagan odamni mast qilganidek, chekish ham yangi boshlagan, yoki chekishni tashlab qaytadan boshlagan, yoki ro’zadorning iftordan so’nggi xolatida bo’shashishlikni keltirib chiqaradi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam : «O’ziga zarar berish ham yo’q, boshqaga zarar berish ham yo’qdir»— dedilar. ( «Sahihul- Jome’»: 17393)

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Yanvar 2010, 06:45:39

Chekish, o’ziga zarar va boshqaga zarar berishdir.
Alloh taolo dedi: «Bular(aroq va qimor)ning gunohi foydasidan kattaroqdir». (Baqara: 219)
Chekishning foydalari bor deb faraz qilaylik. Endi ushbu mavxum foydalar bilan haqiqiy zararlarni taqqoslab ko’raylik. Ularning qaysi biri ko’proq?!
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Sarimsoq va piyoz (ni xom) yegan kishi bizdan va masjidimizdan uzoq tursin va uyida o’tirsin». (Imom Muslim rivoyati)
Kashandaning og’zidan kelgan hid sarimsoq va piyozning hididan ko’ra sassiqroq, eng ozida u ikkisining hidi kabidir. Juma namozi uchun xushbo’ylanish sunnat ekanini unutmagan bo’lsak, sigaret hidi bu sunnatga xilofdir.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Solih va yomon suhbatdosh bilan o’tirishning misoli mushk sotuvchi va bosqonga dam uruvchi kishilarning misoliga o’xshaydi». (Muttafaqun alayh)
Kashanda olov va tutunni puflayotgan yomon suhbatdoshdir.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Musulmon, - musulmonlar uning tili va qo’lidan salomat bo’lgan kishidir». (Imom Buxoriy rivoyati)
Ey kashanda, musulmonlar sizning chekishingizdan qachon qutiladilar?!
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Allohga va oxiratga iymon keltirgan kimsa qo’shnisiga ozor bermasin». (Imom Buxoriy rivoyati)
Kashanda o’zining sassiq hidi bilan xotini, farzandlari, qo’shnilari, farishtalar va masjiddagi namozxonlarga ozor beradi.
Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Ummatimning hammasi afv qilingandir biroq, gunohlarini oshkor qiluvchi ulardan emas». (Muttafaqun alayh) Kashanda gunohlarni oshkor qiganligi uchun kechirilmaslik xavfi bor..
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Kim biron qavmga o’zini o’xshatsa u ulardandir». (Sahih hadis, Abu Dovud rivoyati)
Chekish mustamlakachilik asorati, qoldig’i hamda ruhiy mag’lubiyat belgisidir. Chekish-kofirlarga o’xshashlik, demakdir. Chunki kofirlar sigaretni musulmonlar yashayotgan o’lkalarga olib kelib, yoshlar ichida chekishni rivojlantirdilar. Bundan tashqari chekish bilan jahannam olovida yonayotgan hamda og’iz va burunlaridan tutun chiqayotgan kofirlarga ham o’xshashlik bordir. Bu balodan Alloh saqlasin!
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Тo’rt narsa: umrini nima bilan o’tkazgani, jasadini nimalarda ishlatgani, boyliklarini qayerdan topib, qayerga sarf etgani hamda ilmiga qanday amal qilgani haqida so’ralmay turib, bandaning oyoqlari o’rnidan qimirlamaydi». (Sahihut-Тermiziy [Alboniy])
 Kashanda qiyomat kuni qanday javob beradi? Uning:
Umri chekish bilan o’tdi;
Ilmi. U chekishning haromligini bildi, biroq, chekishga davom etib o’zining zarariga xujjatni barpo qildi;
Boyliklari. U boyliklarini foydasiz yerlarga va o’z jasadini yondirish uchun sarf etdi yoki uni sigaret sotish orqali topdi;
Jasadi. U jasadini Shaytonlar uchun tashlab qo’ydi. Shaytonlar uning jasadida hoxlagan ishini qildilar. Chekish — Shaytonlar kiradigan darichalardan biridir.



Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Yanvar 2010, 06:47:48



Chekish —Allohning zikri, ibodati xususan, ro’za ibodatidan to’sadi.
Ro’za-kashanda uchun eng og’ir bo’lgan ibodatlardan biridir. Kashanda masjidlarda e’tikof qilish, uzoq muddat Qur’oni Karimni tilovat qilish, ilm majlislarida o’tirish hamda namozlarga erta borishni yoqtirmaydi. Kashandalarning ko’plari jamoat namozlarida xozir bo’lmaydi. Хozir bo’lsalarda qo’llaridagi sigaretni «tortib-tortib» masjidning eshigi oldiga otadilarda, masjidga kirib keladilar. Sunnat esa jamoatga xozir bo’lishdan oldin xushbo’ylanishdir.
 Shariatning asos va qoidalari ham chekishni harom qiladi. Ba’zi umumiy qoidalar borki, uning ostiga minglab hukmlar kiradi. Shulardan:
—    O’ziga ham o’zgaga ham zarar berish yo’q.
—    Foydali narsalarning asl hukmi - ruxsat, zararli narsalarniki esa-ta’qiqdir.
—    Fasodlarni to’sish - manfaatlarni keltirishdan muqaddamdir.
—    Halol va harom aralashsa, harom g’olibdir.
—    Gunoxlarni to’sish-asosdir. Gunoxlarning kichik ko’rinishi-unda shubhaning bo’lishidir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shubhalardan saqlanishga buyurib shunday dedilar: «Halol va harom ravshandir. Ularning o’rtasida odamlarning ko’plari bilmaydigan shubhali narsalar bordir. Shubhalardan saqlangan odam- o’z dini va nomusini saqlabdi. Shubhalarga tushgan odam, haromga tushibdi». (Muttafaqun alayh)
Musulmon do’stim, bilingki, halol-barcha pok va foydali narsadir. Harom esa barcha iflos va zararli narsadir.
Yuqoridagi xabarlardan so’ng, odam mutakabbirlik qilib biz bayon qilgan dalil va xujjatlarni olmasa, o’z joniga Allohdan qo’rksin, Allohga tavba qilish uchun shoshilsin. Zero , Alloh tavbalarni qabul qiluvchi rahmli zotdir.
Alloh sizni hidoyat qilsin, shuni ham bilingki, sigaret paydo bo’lgan ilk kunlarda uning haqiqatini ko’p odamlar bilmas edilar: u mast qiladimi, bo’shashtiradimi, sog’liqqa zarar beradimi yoki yo’qmi! Shuning uchun ham, ulamolarning sigaretning harom yoki makruh, yoki zarar bergan kishilar uchun harom, zarar bermagan kishilar uchun harom emas deb ixtiloflarga borishi tabiiy edi. Agar u olimlar sigaretning bugungi kunda o’rganilgan zararlarini bilsalar edi, uning harom ekanida hech shubha kilmas edilar. Chunki ular Islom dinining qoidalari va asoslarini juda yaxshi bilgan edilar.
Agar biror kishi sigaretning harom ekanini e’tirof etmasa, undan so’raymiz: «Agar sigaret harom bo’lmasa nega uni masjid va boshqa muqaddas joylarda chekmaysiz? Balki, uni xammom, xojatxona va boshqa bema’ni o’yin-kulgilar bo’ladigan joyda chekasiz. Yoki biz musulmonlar o’laroq Allohning pok ne’matlarini iste’mol qilishdan avval va keyin aytganimizdek, sigaret chekishdan avval: «Bismillahir rohmanir rohiym», chekib bo’lgandan keyin esa: «Alhamdu lillah» demaysiz?! Bundan tashqari, birorta odam sizga sigaret taqdim qilsa, boshqa halol ne’matlarni taqdim etgan paytidagi kabi nega Allohga shukrlar aytmaysiz?!».

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Yanvar 2010, 06:49:12

Ey kashanda, Allohdan qo’rqgin! Sen, ba’zi odamlar seni sigaret chekishingni ko’rishlaridan uyalasan. Sening nazaringda kim ulug’roq va xurmatliroq: ularmi yoki Alloh taolomi?! Allohdan uyalmaysanmi?! «Agar mo’min bo’lsangizlar Alloh qo’rqishingizga loyiqrokdir». (Тavba: 13)
Va oxiri chekish tarozining yaxshilik pallasiga qo’yiladimi yoki yomonlik pallasigami?
Ey kashanda, Alloh xisob kitob kilishidan avval o’zingni xisob qil! Allohdan chekishni tashlash uchun madad so’ra! Alloh uchun bir ishni tark qilgan odamga, Alloh yordam berib, uning o’rniga yaxshiroq bo’lgan boshqa bir narsani evaz qilib beradi. Bas, Allohdan yordam so’ra, xaddingdan oshma! Chekishni tashlashda sabrli bo’l! Chunki Alloh sabrlilar bilan birgadir. Sabr qilishni hoxlagan kishilarga Alloh sabr beradi. Sen quyidagi duoni ko’p qil:
«Ilohim, bizlarni chekish balosi, jahannam azobi, ozorlar va vayron bo’lishdan uzoq qil. Soglig’imiz va jasadimizni bizlar uchun saqla. Og’izlarimiz va qalblarimzni pok hamda fikr va tushunchalarimizni to’gri qil. Bizlarni go’zal bo’lgan xulq va odatlarga hidoyat qil. Bizlarga iymonni, shirin bo’lgan hid va amallarni sevimli qil. Sen duolarni eshituvchi va qabul qiluvchi zotsan».
Alloh barcha narsalarni bilguvchidir.

Alloh taolo payg’ambarimiz, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo’llasin

Abu Muxammad Al Buxoriy

Qayd etilgan