Sputnikda bitta kanal ko’rib qoldim — TOLO degan. Afg'on kanali ekan, Ramazon oyida yaxshi ko'rsatuvlar berishardi fors tilida. Yaxshi ko'rgan kanallarim qatoriga ro’yxatga qo'shib qo'yvudim. Ammo so'nggi paytlar hind va turk seriallarini ham tarjima qilib berishayotganliklarini guvohi bo’lyapman. Bizlarga o'xsharkanlar )).
Bir kuni qoysam hind serialini berayotgan ekan. Ekranga bir muddat tikilib qoldim. Kino qiziq bo’lgani uchunmas. Ko’zimga ekran qanaqadir xiralashgandek ko'rindi. Yaqinroq borib qaradim, televizor ekrani chang bo'libdimikin deb hatto sochiq bilan ham atrib qo’ydim, ammo yo'q... gap boshqa joyda ekan.
Hind ayollarining milliy liboslarini ko’rgansizlar, bechoralning qorinlariga doim mato etmay qoladi
. Xullas televideniy xodimlari o’shanaqa avrat joylarini xira qilib tamoshobin ko'ziga ko'rsatmaslikni oylab topishibdi, ya salaam devordim. Ba’zilari shunqa modniy kiyinganki bechora montajchi haligi aktyorni boshdan oyoq xira qilib ko’rsatishga majbur
taqvoni bir ko’rinishida buyam.
Ammo shunaqangi taqvoli insonlar hindlarning hayot tarzidan, etiqodidan, hech bo’lmasa uyini to’rida "savlat to’kib" o’tirgan buddasidan Alloh nazdida taqvo qilmaganliklariga achinasan kishi.