Tobaroniy hadisni bunday qayd etadi:
— Millat ichida qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lsa, bu millatga farishtalar tushmaydi.
Yana Tobaroniy qayd etadi:
— Ibn Mas’ud bomdod namozidan keyin bir jamoat ichida o‘tirardi.
Dediki:
— Xudo haqqi, qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lsa, oramizdan turib ketsin! Biz Rabbimizga duo o‘qimoqchimiz. Qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar bor bo‘lgan joyda osmon eshiklari yopiq bo‘ladi, duolar qabul bo‘lmaydi.
Buxoriy va Muslim qayd etadilar:
Silai rahim, ARShga osig‘liqdir.
Derki:
— Kim mening haqimni o‘rniga qo‘ysa, Alloh unga yaqinlashadi, kim mendan uzoqlashsa, Alloh undan uzoqlashadi.
Abdurahmon ibn Afv Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qiladi:
— Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgandim, shunday deyardilar:
— Alloh buyuradiki: «Men Allohman, men Rahmonman, rahmni yaratdim va shuning uchun bir ismimni ikkiga bo‘ldim. Kim silai rahim qilsa, men unga yaqinlashaman va kimki uni uzsa, undan uzoq bo‘laman!»
— Foizning eng yomoni haqsizlik bilan bir musulmonning iffati va nomusiga qo‘l cho‘zmoqdir. Silai rahim Alloh tomonidan berilgan bir rahmatdirki, bir-biriga kirgizilib bir uy qurgan sinchlarga o‘xshaydi. Kim uni buzsa, Alloh ul kimsaga jannatni harom qiladi.
— Rahim (silai rahim), Allohning Rahmon ismidan bo‘linma va chatishib ketgan ildizlar ustiga qurilgan qurilmadir.
Uch narsa ARShda osig‘liqdir:
1. Rahim (silai rahim). Derki: «Allohim, men sen bilan birgaman, ayrilmayman!»
2. Omonat. Derki: «Allohim, men sen bilan birgaman. Xiyonat qilmayman!»
3. Ne’mat. Derki: «Allohim, men sen bilan birgaman. Nonko‘rlik qilmayman!»
Buxoriy — Muslim qayd etadilar:
- Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonini izzat-ikrom qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qarindoshlik aloqalarini uzmasin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi so‘ylasin, yo‘qsa sukut saqlasin!
Yana Buxoriy — Muslim qayd etadilar:
- Kim, rizqi mo‘l bo‘lishini, ajali orqaga surilishini istasa, qarindoshlik aloqalarini uzmasin!
Abu Yo’lo (Abu Yo’lo — to‘la ismi Abu Yo’lo al-Halim ibn Abdulloh al Xaliliy. «Al-Irshod» kitobining muallifi, o‘limi h. 446 yil.) qayd etadi:
- Sadaqa, silai rahim... Alloh bu ikkisi bilan umrga
baraka ato qiladi, Su-i xotima (o‘lim chog‘i iymonsiz ketmoq)ni, makruh va xavfli narsalarni daf etadi.