Abdumuhaymin. Asabiylik nimadan kelib chiqadi?!
Bu qon yaxshi aylanmasligidandir. Biz qonni tozalash o'rniga kuchli bosimli tabletka, kofe, qorachoy ichamiz, e'tiqodi zaifroqlar alkogol, sigaretani ham qo'shadilar.
Tan olaman, bular asabni asabni tinchlantiradi, lekin miya to'qimalari faoliyati susayadi - ishdan chiqadi, 15 daqiqa o'tmay yurakda kuchli bosim uyg'onadi, odam battar asabiylasha boshlaydi, hayotdan beziydi.
Meni maslahatim oddiy. Tabletka, kofein (qahva, shokolad), pamilchoy, sigaretalarni, gazli ayniqsa cola singari ichimliklarni tark etish, kuchli yog'li ovqatlardan va to'yib ketguncha ovqatlanishdan tiyilishdir. Krahmal (oq un maxsulotlari, bo'lka non, issiq yangi non, kartoshka) tomirda tiqilmalar hosil qiladi, qon erkin aylanmaydi, natijada asabiylik, et uvushishi kuzatiladi. Maslahatim, non yeyishni keskin kamaytirish, kunda ikki bo'lakdan oshirmaslik.
Nonlarning eng yaxshisi kepagi olinmagan bug'doy uni noni. Eng yomoni Qozoq visshiy sort unidan qilingan non va issiq non. Bo'lka nonlar ham juda yopishqoq. Shulardan tiyila olsak, sog'liq tiklanadi, nafaqat asabiylik, balki ichkiyu tashqi barcha dardlardan qutulamiz. Hatto xusnbuzar (ugri), sepkil, so'gal va shu kabi toshmalar tabiiy ravishda yo'qolib ketadi. Odamda qandaydir xotirjamlik, quvnoqlik paydo bo'ladi.
Ochlik va parhez bilan qon tozalanadi, tomirdagi tiqilmalar ochiladi, qon erkin aylana boshlaydi.
Agar shunday tabiiy ovqatlanish va ochlikka o'tsak, 70kunda to'liq tuzalamiz!
*Ochlik haftada bir marta 24-36 soat ovqat yemay faqat suv ichib o'tkazish.