Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu
"men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi
bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni
qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?
Javob: Hayotning har lahzasi - yangi narsalarni o'rganishdan iborat.
Boshga tushganni ko'z ko'rar.
Ko'z qo'rqoq, qo'llar botir.
Faqat o'liklargina fikrlarini o'zgartirmaydi (Gogol)
Yaxshiyamki, yuqoridagiday dono gaplar bor:)
Men siz so'ragan savolga shu kungacha yozgan postlarimda uzoq-yaqin ma'nolarda javob yozib kelganman.
Har bir ayol yaratilishi bo'yicha erkakdan ojizdir. Buni qabul qila olish ham Allohning eng buyuk ne'matlaridan biri, deb o'ylayman.
Alloh menga hayotim bo'yicha juda ko'p zafarlar, muvaffaqiyatlar ato etdi hamd bo'lsin. Lekin hech qachon men bo'lajak ho'jayinimdan ustun bo'laman yoki uni bajara olmagan ishlarini bajaraman, degan xayolga bormadim.
Bunday xayolga borib, bunga ishongan juda ko'p ayolni haligacha turmushga chiqmay yurganini ko'p ko'rganman, ko'ryabman afsus.
Erkakni ustun ko'rish bazilariga ko'ra ayolni yerga urish, afsus. Aslida esa ayol erkakning shafqat qanotlari ostida yana ham ko'proq qiziqishlariga vaqt ajratadi, undan kuch oladi, fikrlarini o'rtoqlashadi.
Boshlarda oson bo'lmadi albatta. Lekin meni baxtli tarafim ho'jayinim meni sempozyumlarda tanidi sahnada:) Qachon qarasa seminarga, majlisga boradigan bir qiz imaji chizdim miyasida.
Turmush qurishdan oldin esa kamida eski faoliyatlarimni davom ettira olishim haqida "so'z oldim"...
Xozirgi kunda esa, biroz eski hayotimdagiya mashg'ul bo'lmasam ham, bir uyni bekasiman. Uy bekasining ishlari hech hafifga olinmasin.
Oshpaz
Chevar
Tozalik ishlari bo'yicha shef!
Vaqti kelganda ona mehri ko'rastishingiz kerak atrofingizdagi insonlarga!
Ha bu "menman"....Bir uyni butun tashvishini bo'yniga olgan "ichki ishlar ministri"
yana nima kerak menga, hamd bo'lsin