Assalomu Aleykum...
Savolim:Eng yaqin Insonigizni Yani Onajonizi Kayfiyatlari Yo'q Bo'lib qolganini Ko'rib,Eng Birinchi qiladigan Ishingiz?..
V.assalom. Ayajonim xozir uzoqdalar mendan, mumkun marotaba menga uydagi nohush voqealarni sezdirmaslikka harakat qiladir. Sezaman lekin...Duo qilaman ular, oilam uchun. Telefonda shirin so'zlar bilan ko'ngillarini olishga harakat qilaman.
İlgari esa ayamni ozgina ovozlari o'zgarishi bilan biz ham yig'lay boshlardik. Hech chiday olmasdik. Bu juda boshqacha holat, huddi ona bilan farzandlari orasida ko'zga ko'rinmas ip bor, bir-biriga chambarchas bog'langan, ayamni ko'ngillari og'rishi bilan bizniki ham og'rirdi...O'zi oilaviy tezda yig'laydigan insonlarmiz:)
Ayajonimni kayfiyatlari bo'lmagan vaqtlarda uyda to'palon qilmaslikka, u kishini aytganlarini darrov bajarishga harakat qilardim.
Rabbim barcha onalarga uzun, sihhatli umrlar bersin iloyim...