Salmon ibn Yazid r.a. dan rivoyat qilinadi ushbu muborak hadisi sharif:
-Kunlardan bir kuni biz, Payg'ambar s.a.v. bilan arafa kuni bir davrada o'tirib qoldik.
Shunda RasulALLOH s.a.v.:
-Oramizda qoti'u rahm (ya'ni silai rahmni aksi) qarindoshlari bilan arazlashib yurganlar bo'lsa, men o'tirgan davradan turib ketsin dedilar.
Hech kim turmadi, magar ham bir kishi turdi, va bir qancha fursatdan keyin qaytib keldi.
Nabiy s.a.v.: Hech kim o'rnidan turmadi sen indamasdan turib ketib qolding? Nega unday qilding dedilar?
Shunda haligi sahoba r.a.:
-Yo RasulALLOH, O'zingiz qarindoshlari bilan arazlashib yurgan men bilan bir davrada o'tirishga noloyiq dedingiz, yashirib o'tirganim bilan qalblarimizni bilguvchi ALLOH bor qiyomatda javob beraman deya, anchadan buyon bir xolam bilan arazlashib yurgan edim, shu kishini yonlariga ketdim. Xolamga borib:
-Ey xolajon, RasulALLOH s.a.v. kimda-kim, qoti'u rahim, bo'lsa men bilan bir davrada o'tirishga noloyiq dedilar, meni kechiring dedim, xolam meni kechirdilar, men xolamni kechirdim va biz yarashib oldik dedilar. Shundan keyin men qaytib keldim siz bilan o'tirishga loyiq bo'lsam kerak deb o'yladim.
Olamlarga rahmat qilib yuborilgan zot, Payg'ambarimiz s.a.v.:
-Qanday ham yaxshi odamsan, biz bilan o'tirgin dedilar.
Ogoh bo'ling, bir jamoatni ichida, bitta qoti'u rahim bo'lsa usha jamoatga, ALLOHning rahmati tushmaydi va o'sha bandani duosi qabul bo'lmaydi dedilar.
Qoti'u rahim, duoni qabul bo'lishiga to'sqinlik qiladi.
ALLOHim barchalarimizni, bir-biriga mehribon, silai rahimli mo'min bandalaridan qilsin!