1048. Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning mavlosi (ozod etgan quli) Solim aytdilar: "Ibn Amrga salom berilsa, ziyodasi bilan alik olib javob kzytarardilar. Men oldila-riga kelib : "Assalomu alaykum", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatulloh", deb javob berdilar. Ozginadan keyin yana kelib: "Assalomu alaykum va rahma-tulloh", dedim. U kishi: "Assalomu alaykum va rahmatul-lohi va barakotuh", dedilar. Yana oldilariga kelib: "Assa-lomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barako-tuhu va tiyba salovotuhu", deb javob berdilar".