237-FATVO
Yana shunday namozlar borki, ularni o‘qish farz ham, vojib ham, sunnat ham emas, balki mazhab shiz bo‘yicha ixtiyoriy nafl namozlaridir. Ularni vaqti bemalol kishilar o‘qisa savob, o‘qimasa gunohi yo‘q. Ular asosan quyadagi namozlardir:
1. "Choshgoh namozi". Uning eng kami 2 rak’at, ko‘pi 12 rak’at bo‘lib, vaqti Quyosh chiqib, biroz qo‘tarilgan paytidan to peshin vaqti kirgunga qadar davom etadi.
2. "Tahiyyai masjid". U 2 yoki 4 rak’atli namoz bo‘lib, biror masjidga kirganda masjid hurmati uchun o‘qiladigan salomlashish namozidir. Bomdod va asr namozlaridan keyin masjidga kirgan kishi uni o‘qimaydi, balki tasbeh, tahlil va salavot o‘qisa ham masjid haqqini ado etgan bo‘laveradi. Shuningdek, masjidga farz namozini o‘qish niyatida kirgan kishi ham "tahiyya" o‘qimaydi. Yana, bir kunda bir masjidga ko‘p marta kirsa ham bir marta "tahiyya" o‘qisa kifoyadir.
3. "Shukri vuzu". U tahorat qilgandan keyin o‘qiladigan shukrona namozidir.
4. "Istixora namozi". U biror muhim ishni qilish yoki qilmasliqda ikkilanib qolgan kishi o‘qiydigan namozdir. Buning uchun xuftan namozidan keyin uxlashdan oldin ikki rak’at istixora namfini niyat qilib o‘qiydi. Tushida Allohning izni bilan qaysi yo‘l uning uchun foydali ekani ayon bo‘ladi.
5. "Hojat namozi". U ham 2 rak’at bo‘lib, biror hojatni ravo qilishiki Allohdan umid qilgan holda o‘qiladi.
6. "Tahajjud", ya’ni tungi namoz. U tunda uyqudan bedor bo‘lgan holda o‘qiladigan namoz bo‘lib, eng kami 2, ko‘pi 8 rak’atdir.
7. "Tasbeh namozi". U 4 rak’at bo‘lib, birinchi rak’atda "Subhonakallohumma..."dan keyin "Subhonallohi valhamdu lillohi valo iloha
illallohu vallohu akbar" jumlalarini 15 marta o‘qiydi. So‘ngra "Auzu..."dan keyin "Fotiha" surasi bilan "Takosur" surasini o‘qiydi. So‘ngra ruku’da mazkur jumlalarni 10 marta o‘qiydi. Qiyomga turganda ham ularni 10 marta, har sajdada 10 marta, ikki sajda orasida ham 10 marta o‘qiydi. Keyingi 3 rak’atni ham xuddi shu tariqa o‘qiydi. Faqat bu rak’atlarda "Asr", "Kofirun" va "Ixlos" suralarini "Fotiha"dan keyin zamsura sifatvda o‘qiydi. "Tasbeh namozi"ning vaqti peshindan oldindir.
8. "Tatavvu’ namozlari". Ular kecha va kunduzning xohlagan soatida xohlagan miqdorida bo‘sh vaqtlarda o‘qilishi mumkin bo‘lgan namozlardir.
«Olamgiriya», «Fathul Qadir», «al-Bahr ar-roiq»,
«Muhit», «Mujarot», «Muxtasar», «Jomeur-rumuz»,
«Temirtoshiy», «al-Fath ar-Rahmoniy»
238-FATVO
Nafl namozlarni imkoni boricha jamoat joylarida va masjidlarda o‘qimaslik, balki o‘z uyida yoki xilvat joylarda o‘qishga harakat qilish, riyokorlik aralashib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim bo‘ladi. Farz namozlaridan keyin o‘qiladigan sunnat namozlari esa, farz o‘qilgan masjidda o‘qilishi kerak. Lekin sunnat namozlar farz o‘qilgan joydan bir qadam bo‘lsa ham boshqa joyga o‘tib o‘qilishi lozim. Bu imomga ham tegishlidir. Nafl namozini safda turib o‘qish o‘ta makruh ishlardan sanaladi.
«Olamgiriya», «Kofiy», «Nihaya»