166
Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Soibdan, u otasidan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdi: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kun quyosh tutildi. Odamlar: «Quyosh hazrati Payg‘ambarning o‘g‘illari Ibrohim vafot etgani tufayli tutildi», deyishdi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) namozda qiyomda uzoq turdilar. Sahobalar hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ruku qilmaydilar, deb o‘ylashdi. Keyin u zot rukuga bordilar. Rukulari qiyomlari qadar uzoq davom etdi. Rukudan bosh ko‘tarib, rukulari qadar uzoq turdilar. Keyin sajda qildilar. Sajdalari ham qiyomlaridek uzoq bo‘ldi. Ikki sajda orasida o‘tirdilar. O’tirishlari sajdalari qadar cho‘zildi. So‘ng sajda qildilar. Sajdalari o‘tirganlaridek uzoq bo‘ldi. So‘ngra 2 rakatni o‘qidilar. 2 rakat ham 1 qadar davom etdi. 2 rakat sajdasida Rasululloh (s.a.v.) yig‘ladilar. Yig‘ilari shu darajada kuchaydiki, hatto biz u zotning: «Yo Rabbiy, menga men ularning orasida bo‘lganimda, ularni azoblamasligingni va’da qilmaganmiding?» deganlarini eshitdik. Keyin o‘tirdilar va tashahhud o‘qidilar. So‘ngra namozni tugatib, sahobalarga qarab bunday dedilar:
- Quyosh va oy Allohning oyatlaridan ikki oyat (alomat - Tarj.)dir. Alloh taolo ular bilan qullarini qo‘rqitadi. Quyosh va oy bir kishining hayoti va o‘limi uchun tutilmaydi. Tutilgan payti namoz o‘qinglar. Men o‘zimni jannatga yaqinlashtirilgan holda ko‘rdim. Istasam, jannat daraxtining novdalaridan bir novda olardim. O’zimni do‘zaxga yaqinlashtirilgan holda ko‘rdim. Undan saqlana boshladim. U yerda Rasulullohning (s.a.v.) uylarini tunagan o‘g‘rini ko‘rdim. Do‘zaxda azob yer edi. U yerda hassasi bilan hojilarni tunagan, o‘g‘irlik qilgan Abd ibn Do’do’ni ko‘rdim. Mushugini bir joyga bog‘lab qo‘yib, unga ovqat bermagan, yer hasharotlarini topib yeyishi uchun mushugini qo‘yib yubormagan, oqibatda azoblanayotgan ayolni ko‘rdim.
Bir rivoyatda: «Hassasi bilan hojilarni tunagan Do’do’ni ko‘rdim. Uni hech kim ko‘rmasa, ketar agar ko‘rsa: «Hassamga ilinib qoldi», der edi», deyiladi.