Ba'zi yoshlarimizning o`ta kaltafahmligidan asablarim o`ynab ketadiyey....
Gazeta tahririyatiga qo`ng`iroqlardan:
- Annaqa, ucellda tarifimni dialogga o`zgartirmoqchiydim, qanday qilib o`tsam bo`ladi?
eyyy ahmoq, birinchidan gazetaga qo`ng`iroq qilyapsan, ikkinchidan dialog ucelldamas, mts da...
))
yana biri:
- Manga haligi klipdagi yomg`irni tagida turadigan yigit haqida ma'lumot bering?
- Qaysi klipdagi?
- Nomi esimda yo`q... Nima o`ziz bilmaysizmi?!
))))))
Yana:
- Alo bu gazetami?
- Ha.
- Menga Rayhonni chaqirib bering!
))))
Gazetada sms loyihalar o`tkazib turaman. Turli savollar beriladi va muxlislar javob yo`llashadi. Biroq ko`rga hassadek qilib "Qo`ng`iroqlar qabul qilinmaydi, javoblaringizni SMS orqali yuboring" degan yozuvni "Tanishaylik" deb o`qiydiganlar ham bor ekaney....
kuniga yigirmadan oshiq qo`ng`iroq ba'zan ko`tarib qolsam, "antiqa"lari ham chiqib qoladi.
- Gazetada nomer turgan ekan...
- ho`sh?
- Shunga nimaga chiqardinglar nomerni deb qilayotgadim...
))))))
Yana:
- Tanishmoqchiman.
- Tanishamiz deb yozilgan ekanmi o`sha yerga?
- Tanishmasela nega yozdila?!
)))
bunaqa qo`ng`iroqlar biram ko`p...
kulishingni ham bilmaysan, yig`lashingni ham.
ish yuzasidan mail.agentim hamisha yoniq turadi. faqat "ko`rinmas" holtida. kecha Kumush Shodoglu deganidan taklif kelgan ekan. biror tanish qizdir deb qabul qildim.
He yo`q be yo`q so`kinib ketsa bo`ladimi?!!!
nima emish, uni Lobar degan qiz tashlab ketganmish, shuning uchun hamma Lobarlarni so`kib chiqayotganmish.... Tavbaaaaa.....
ehh, yoshlar yoshlar....(BelleQizcha (c))