Bugungi kun mulohazalari  ( 1486045 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 190 191 192 193 194 195 196 197 198 199 200 ... 296 B


Lu`lu`  01 Noyabr 2011, 08:52:57

Ertalab, bir joyda osh bo'ldi. Imom domla ma'ruza qilyaptilar:

-O'zi janozadayu, qulog'ida telefon bilan kim bilandur gaplashyapti...


Очик танбех ички гинадан схширок

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Noyabr 2011, 23:25:39

:asl3:



Dunyo muxabbatin o'zga joylagan,
Oyning yuzin yopar extimol etak.
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Hayit ayyomingiz bo'lsin muborak.
         Aziz Forumdoshalar...

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2011, 15:02:55

Bugun Qurbon bayramining 1-kuni. Dadamizni namozga, undan qaynotamni ota-onalarini uylariga kuzatgandan keyin o'g'lim bilan birga kunimiz o'tyabdi.


To'palonlar charchatdi, uxladilar sulton...

Ankarada shunaqangi chiroyli quyosh borki, bu ham bo'lsa Yaratganni shafqat, marhamati bandalariga. Qurbonliklarni eson-omon, qiynalmay so'yib olishsin, deb quyoshli kun nasib etdi, alhamdulillah.

Rabbim, O'zingga behisob hamdlar bo'lsin. Biz gunohkor qullaringga takror nasib etding bayramlarning a'losini. O'tgan yilgi qurbon esimga tushdi, o'g'lim bir necha oylik edi, tok oshi qilishni bir tarafga qo'ya turing, nonushta qilishga ham ruhsat tegmagandi yig'loqiligidan:) Mana esi asta sekin bo'lsa ham kirib, onasiga ish qilishi uchun imkon beryabdi:)

Dunyoni ishlari shu ekanda, bir tarafda och, bir tarafda to'q. Duo qilamanki, oylab, yillab uyiga go'sht kirmaganlarni ham eslashar imkoni borlar...

Rabbim, senga jonimiz, molimiz, borlig'imiz qurbon bo'lsin...

Qayd etilgan


LONER  08 Noyabr 2011, 07:46:32

  Salom Forumdoshlar.......
           Toshkentda  bugun Birinchi qor  yog`di!!!!

Qayd etilgan


azizbek_mx  08 Noyabr 2011, 08:55:41

namanganda ham birinchi qor yog'moqda

Qayd etilgan


Akbarjоn  08 Noyabr 2011, 10:07:46

Menimcha butun Respublikada qor yog'gan bo'lsa kerak

"Qor xat" degan narsa bo'larmidi bir vaqtlar :)

Qayd etilgan


Музаффар  08 Noyabr 2011, 12:05:42

Тезроқ ёз қайтиб келақолсайди...

Qayd etilgan


Humayro  08 Noyabr 2011, 13:20:45

Тезроқ ёз қайтиб келақолсайди...

halitdanmi??

Kun bo’yi qor yog’sa agar, buncha yog’ar ko’p deysan,
Na sovuqqa ko’nadursan, na issiqqa ho’p deysan?!

Qayga quyosh nuri kerak, qayga yog’in shodasi,
Bu barchasi haq hukmidan, bari Haq irodasi.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  08 Noyabr 2011, 17:33:54

Muzaffar, sizni tushunaman ;D

Qayd etilgan


Usmon  08 Noyabr 2011, 18:30:38

Lobar, sizni tushunaman

Qayd etilgan