Sabrim tugab borar, tun-u kun bedorman,
Ko'zim yo'llaringga mushtoq, balki men majnunman.
Layliyu Shirin ishqi bo'lmadi eldin pinhon,
Rozlarim samo qadar sevgisi Pinhonaman...
Hijron o'ti qalbimni kuydirdi, gulxan misol,
Bu azoblar oxirin bilolmay Hayronaman.
Visol umidinda atrofingda parvonaman,
Sensiz bunda ham qalbim ham xonavayronaman
Boshda dunyo tashvishi,nafsga quldurman bugun,
Haq yodi, ishqida tolib, amalda begonaman.
Na amalim bo'ldi but va na niyatim xolis
Yorga qandoq boqgum deb, g'am birla hamxonaman
Ne qilay, Allohim O'zing menga ber sabru toqat,
Haq Qiyomatda jamoling tolibi
ROBIYAman.
Izoh: She'rni shu yerda tugatsak, menimcha yomon ijod qilmadik To'liq variant:Forumdoshlari ijodidan namuna