Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Nimani yozsam hammasi to'g'ri degani emas, nimani yozsam hammasi noto'g'ri degani ham emas.
Men aytmoqchi bo'lgan narsa sizning xayolingizga kelganmikin? Albatta kelgan, shak shubhasiz! Ammo har kim o'zicha tafakkur qiladi.
So'z boshida savol bilan murojat qilmoqchiman. Siz nafratlana olasizmi? Siz ham yomon ko'ra olasizmi? Sizning ham dushmaningiz bormi? Ushbu savollarga "ha" yoki "yo'q" deb javob berishdan oldin, yaxshilab o'ylab ko'ring. Juda ham jo'n savol, ammo bu savol meni bir necha kunu haftalar o'yga solib qo'ydi. Ko'p narsalarni, juda ko'p narsalarni, chigal narsalarni, yechimsiz narsalarni uzoqdan emas, balki yonimizdan, o'zimizdan qidirsak, javobini topishimiz oson bo'larmidi.
Men shunday xulosaga keldimki, agar siz nafratlana olsangiz, yaxshi inson ekansiz. Agar yomon ko’ra olsangiz, demak siz seva ham olasiz. Mobodo nafrat siz uchun begona bo’lsa, unda siz uchun sevgi ham begona. Biz bir narsani unutmasligimiz kerak. Bizning soyamiz bor. Soyasiz bo’lganimizda nafratlana olmaymiz, ammo seva olamiz, chunki u paytda biz soyasiz nurga aylanamiz!
Biroq bu fikrning muommoli tomoni nimada? Bunday olib qaraganda, nafratlangan odam yaxshi bo’lishi aqlga sig’maydi. Bu tog’ri. Unda nima noto’g’ri? Biz avvalo nimadan nafratlanishimiz kerakligini bilishimiz kerak. Biz avvalo nimani va kimni yomon ko’rishligimizni bilishligimiz kerak.
Tunsiz kun bo’lmagani kabi, nafratsiz sevgi muhabbat yo’q.
Borlaringizga shukr! Salomat bo'lingizlar!!!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!