"Dunyoda eng ko‘p sonli bo‘lishiga qaramasdan, chumolilar texnologiya, jamoaviy mehnat, harbiy strategiya, ilg‘or aloqa tarmog‘i, ierarxik tartib, intizom va shaharni benuqson rejalashtirish kabi ko‘plab sohalarda ham insonlarga namuna sifatida xizmat kilishi mumkin bo‘lgan bir tartibni namoyish qiladi. Chumolilar to‘da deb ataladigan jamoalarda shunday bir o‘zaro tartib bilan kun kechiradilarki, ularning insonlarnikiga o‘xshash sivilizatsiyasi bor deb o‘ylash mumkin.
Chumolilar oziq-ovqat ishlab chiqarish va ularni g‘amlab qo‘yish bilan bir qatorda yosh chumolilarga qarash, to‘dani mudofaa qilish va g‘animlarga qarshi jang olib borish kabi vazifalarni ham uddalaydilar. Yana shunday to‘dalar ham borki, ular «tikish-bichish», «qishloq xo‘jaligi» va «hayvonlar boqish» kabi yumushlar bilan ham mashg‘ul bo‘lishadi. Bu hayvonlar orasida juda kuchli aloqa tarmog‘i mavjud. Ularning ijtimoiy uyushqoqligi va omilkorligi har qanday jonzotlarnikidan ham ustundir". (Horun Yahyo. «Chumolilar mo‘jizasi»)
O'zidan bir necha marta katta yukni ortmoqlab borayotgan chumoliAlloh Qur’oni karimda Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning hayotini ta’riflab berar ekan, chumolilarning aloqa tizimiga ega ekanligiga ishora qiladi:
To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar! Uyalaringizga kiringiz, yana Sulaymon va uning lashkarlari o‘zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar!» - dedi. («Naml» surasi, 18-oyat)
Chumolilar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot bu kichik mavjudotlar juda uyushgan ijtimoiy hayot kechirishini va bu uyushma ehtiyojidan kelib chiqib, ular juda murakkab aloqa tarmog‘iga ham ega ekanligini aniqladi. Masalan, National Geographic nashri shunday ma’lumot beradi:
Katta yoki kichik chumolining bosh qismida million yoki undan ortiq ishchilar (ularning barchasi urg‘ochilar) dan iborat to‘dalarga muhim bo‘lgan kimyoviy va vizual signallarni tutadigan ko‘p qirrali sezgi a’zolari mavjud. Uning miyasi yarim million nerv hujayralaridan tarkib topgan; ko‘zlari aralashma; antennalari burun va barmoquchlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Og‘iz pastidagi bo‘rtmalar ta’mni sezadi; tuklari tekkan narsaga reaktsiya ko‘rsatadi.
Biz bexabar bo‘lsak-da, chumolilar o‘zlarining juda sezgir a’zolari tufayli aloqa o‘rnatish uchun turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular bu a’zolarni o‘lja topishdan tortib bir-birining ketidan borishgacha va o‘z uyalarini qurishdan tortib jang olib borishgacha har doim ishlatadilar. Ularning 2-3 mm hajmdagi tanalarida 500000 nerv hujayralari siqib joylashtirilganligiga qaramay, insonlarni lol qoldiradigan aloqa tizimlariga egadirlar.
(Horun Yahyo. «Chumolilar mo‘jizasi»)