Bu musobaqa nufuzi ancha past bo'lsada kelasi yilgi jahon chempionatiga kim davogar ekanligini ko'rsatib turadi.
Ispaniya Evropa chempionatida ham arang amallagan edi, ko'p o'yinlarda zerikarli o'yin namoyish etgan edi.
Bir qancha kamchiliklari yaqqol ko'zga tashlanib turibdi, Murabbiy Del Boskening, hujumchilardan Torresning, yarim himoyachilardan Havining, darvozabonlardan Kasilyasning (bu yerda Valdesni gapirmasak ham bo'ladi, noloyiq darvozabon) davri o'tgan. Buni tan olib boshqa yosh o'yinchilarga imkon berish vaqti kelganini o'ylash kerak, Del Boske esa tavakkal qilishni yoqtirmaydi, Soldadoga nega haligacha imkon bermayotganini tushuna olmadim, De Xeani allaqachon maydonga tushirish kerak edi.
Hullas, agar "qayta qurish" qilmasa JCH-2014da ispanlarga non qolmaydi.