- O`z qadrini bilmaganga nasihat qilishning foydasi yo`q;
- O`ziga yaxshiligi bo`lmagan odamning boshqalarga ham yaxshiligi bo`lmaydi;
- Halol yasha, xor bo`lmaysan;
- Behuda o`tgan umringga afsuslanishdan ko`ra kelajagingni yaxshilash haqida o`ylaganing ma'qulroq;
- Qorning emas, qadring haqida ko`proq o`yla;
- O`tayotgan har bir daqiqang g`animat ekanligini unutma;
- Ko`zlar haqiqatni so`zlaydi, agar e'tibor berib qarasang.
Izoh: Bir necha yillar oldin daftarga tushirib qo`yilgan ekan. Biror joydan o`qiganligim yoki o`zim yozganligim xotiramda yo`q.