9- bob. Tutqun va majburning hamda mast va majnunning talog‘i haqida
Taloq, shirk va boshqa shunga o‘xshash masala xususida mast va majnunga nisbatan hukm bir bo‘lib, bular yanglishish va aql-hushning joyida ermasligi oqibatidir. Chunki, Rasu-lulloh sallallohu alayhi va sallam: «Amallar niyatga bogliq bo‘lib, har kimga niyat qilgani nasib bo‘ladi!» — deb aytganlar. Sha’biy bu haqda: «Parvardigoro, agar unuqak yoki xato qilsak yohud vasvasa oqibatida nojoiz xatti-harakatlar qilib qo‘ysak, bizni jazolamagil (aybdor qilmagil)!» — deb tilovat qilganlar. Janob Rasululloh o‘zining qilgan gunohini tan olgan kishidan: «Jinni ermasmisan?»—deb so‘raganlar. Hazrat Ali bunday deydilar: «Hamza ikki tuyamning qornini yordi. Shunda Janob Rasululloh Hamzani koyiy boshladilar, Hamza ersalar mast ko‘zlarini tikib: «Sizlar otamning qullari ermasmisizlar?!» — dedilar. Janob Rasululloh Hamzaning mast erkanliklarini bilib, tashqariga chiqdilar, biz ham ul zot birlan birga chiqib ketdik». Hazrat Usmon: «Majnun va mast kishining talogi o‘tmaydi»,— deydilar. Ibn Abbos: «Mast va majbur qilingan kishining talog‘i nojoizdur»,— deydilar. Uqba ibn Omir: «Vosvosning talog‘i joiz ermas»,— deydilar. Ato. «Agar kishi xotinini taloq qila boshlagan bo‘lsa (ya’ni, birinchi martadan to uchinchi martagacha), har galgi taloqning o‘z shartlari mavjud»,— deydilar. Nofi’: «Bir kishi xotinini qat’iyyan taloq qildi, agar xotin erining uyidan chiqib keqa...»,— dedilar. Ibn Umar: «Agar u erining uyidan chiqib keqa, eridan uzilkesil ajragan bo‘ladi, basharti chiqib ketmasa, ul holda hechqisi yo‘q»,— dedilar. Zuhriy «Agar shunday va shunday qilmasam, xotinim uch taloq bo‘lsin!» deb aytganlar haqida gapirib: «Ushal qasamni ichgan vaqtida qalbida nima deb, nimani niyat qilgan bo‘lsa, undan o‘sha xususida so‘raladi. Agar u qasam ichgan vaqtidagi o‘zi istagan maqsadi birlan qalbiga tugib qo‘ygan niyatini ayqa, bu uning iymonu halolligiga havola»,— deydilar. Ibrohim: «Agar er xotiniga: «Mening senga ehtiyojim yo‘q!» — deb ayqa, niyatidagi hisobga o‘tadi va har bir odam o‘z tili birlan taloq qilmog‘i lozim!» —deydilar. Qatoda: «Basharti, er (yangi uylangan) xotiniga «Agar homilador bo‘lsang, uch taloqsan!» deb ayqa, ul holda u xotinini har gal hayzdan poklanganda bir marta jimo’ qiladi, agar xotininig homilador bo‘lgani ma’lum bo‘lsa, demak bola o‘zidan bo‘lgan»,— deydilar. Hasan: «Agar er xotiniga: «Uyingga (ota-onangnikiga) jo‘na!» — desa, niyatidagi hisobga o‘tadi»,— deydilar. Ibn Abbos: «Xotinni taloq qilsam, o‘zimni rizo qilgan bo‘laman, qul ozod qilsam, Olloh taoloni rizo qilgan bo‘laman!» — deydilar. Zuhriy: «Agar er xotiniga: «Sen xotinim ermassan!» — desa, niyat qilgani hisobga o‘tadi, ya’ni shunda xotinini talok, qilmoqni niyat qilgan bo‘lsa, taloq bo‘ladi»,— deydilar. Hazrat Ali: «Uch toifa odamlarga, ya’ni majnun tuzalguncha, bola balog‘atga yetguncha, uyqudagi uyg‘onguncha gunoh yozilmasligini bilmaysanmi?!» — deydilar. Hazrat Ali yana: «Jinnining talog‘idan bo‘lak barcha taloq hisobga o‘tadi»,— deydilar.