Bismillohir rohmanir rohim!
Men ham shu fursatdan foydalanib, yoinki forumimizdagi, balki bu yilgi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, talaba degan nomga musharraf bo'lgan barcha yurtimiz o'g'il-qizlarini chin yurakdan tabriklayman. O'qinglar, o'rganinglar, yurtimiz istiqboliga ozgina bo'lsa ham hissa qo'shinglar, O'zbekiston degan yurtni butun dunyoga tanitinglar. Mana shunday tabarruk joy farzandi bo'lganlaringizdan g'ururlanib, mag'rurlanib yuringizlar, yurtga munosib farzand bo'lingizlar. Yana bir bora talaba bo'lganlaringiz bilan tabriklayman.