Yana bir bor tabriklayman.
Zamiraxon, judayam xursand bo'ldim. Forumimizning bir a'zosi o'zi milliy bo'lib, yevroguruhga eng katta ball bilan kirishibizda ham faxr tuyg'usini uyg'otadi.
Nodirbek, o'zi sizni 4-5 kun oldin tushimda ko'rgandim. O'qishga kirgandiz, lekin tushimdayam kontrakt edi. Mayli, harakat qilib o'qib oling. Hozir kontraktga kirish ham katta baxt bo'lib qoldi.
UzMuslim, avvaldan niyatni zo'r qilib, harakat qilish kerak edi. Sizning bir postingizda kirolmasam kerak, degan gumon bor edi. Endi bunaqa gumonlarni yo'q qiling-da, albatta kiraman, deya hozirdan harakat qiling. Keyingi yili talaba bo'lganingizdan sevinish nasib etsin!
Javik, Guli, sizlarning natijangiz nima bo'ldi?
Ziyovuddin, siz ham bu yil topshirganmidingiz?
Yana kimlar topshirgan?