Menga yana yordamngiz k.k do'stlar bir nodon kimsa dedi: "men hudoga ishonmiman unga qancha iltjo qildim sevganimga yetgaz deb lekin eshitmadi shuncha tutgan ro'zalarim va bew vaqt namozim hammasi bir pul ekan Hudo yoq agar bo'lsa meni o'ldirsin deb ohirgi bor so'radim o'ldirmadi endi menga farqitoq men ertaga o'zimn o'ltiraman" dedi. Uni gaplardan qo'rqib kettim unga JUMAR SURASINI yozdim lekin hali netga kirgani yo'q balkim rosdan o'z joniga qast qilgandir ' endi u azob tortguvchilardanmi? Sizlardan so'ramoqchi bo'lganim Alloh uni kechira oladimi endi?
Ayrim yigit qizlarga hech tushunmayman, "sevganimga yetkaz" deb duo qiladi, "hayrlisini ber Allohim, hayrsiz bo'lsa meni undan burib yubor. Qalbimdan shayton vasvasasini sug'ur, menga ikki dunyo saodatiga sababchi bo'ladigan solih(a) juft ato demaydi." demaydi.
Alloh borligini ochiq inkor etgan kimsa shubhasiz kofir bo'ladi. Agar dilida inkor etib tilida inkor etmasa munofiq bo'ladi, insonlar u kimsani kofir deyishga haqqi bo'lmaydi. Yuqoridagi besabr, ilmsiz kishi esa ochiqcha inkor etibdi. Tavba qilmaguncha va Kalimai shahodatni aytmaguncha musulmon hisoblanmaydi.
Agar o'z joniga qasd qilsa, hayoti davomida xoh kofir bo'lib o'tgan bo'lsin xoh musulmon bo'lib besh vaqt namoz o'qib o'tgan bo'lsin baribir abadul abad do'zaxda qoladi, chunki Alloh bergan sinovga sabr qilmagan, noshukrlik qilib o'z joniga qasd etgan!
bu voqea http://uzportal.net/forum/20/132/13348/ shu manzilda bo'ldi man uni gaplarini qo'rqib o'chrib yubordim u o'zi kofir bo'lgani yetmaganday qolganlarga ham "sizlar ham ishonmaylar" dedi bunday voqeani net olamida birinchi bor guvoh bo'ldim o'qib dahshatga tuwdim. unga qanday yordam qilsak bo'ladi endi?
Agar aqli bo'lganida Allohdan ham shunday duolar qilib so'rarmidi. Allohga shart qo'yadimi, Allohga minnat ham qiladimi, keyin Allohdan arazlashiga hayron ham qoladi odam?! Menimcha u kishi o'zi musulmon emasdi, odamlarni dindan qaytarmoqchi bo'lyapti. Musulmon odam Allohga shart qo'ymaydi, minnat qilmaydi, taqdiridan hafa bo'lmaydi, aksincha shukr qiladi, sabr qiladi, qiynalib ketsa Allohdan yengillik ber deb so'raydi, "nega menga bunday taqdirni ravo kording" deb nolimaydi. Ibodatni bir nimani ko'zlab emas faqat Alloh roziligi uchun qiladi.
Alloh eng sevimli payg'ambari Muhammad s.a.v.ning Makkaga bo'lgan sog'inch duolariga, fath duolariga necha yillar o'tib yetkazgan. Ungacha Musulmonlar Quraysh mushriklaridan 10 yil qiynoqqa solingan, shunda ham musulmonlar "Bizga taom bersang ibodat qilamiz, mushriklardan g'olib qilsang dindan chiqmaymiz" deb Allohga shart qo'yishmagan, ochlikdan shishib shahid bo'lganlar ham, ikki oyog'idan ikki ulovga tortib bo'lib tashlangan Sumayyaday r.anhoday ayollar ham, issiqda ustiga qizitilgan tosh bostirilgan Bilol r.a.day sahobiylar ham "biz Senga ibodat qilyapmizku, qudrating bo'lsa bizni asra" deb ibodatiga minnat qilishmagan.