Lolo adash, katta rahmat, ancha ma'lumotlar beribsiz savol bahona.
Albatta siz ham o'z dunyoqarashingiz, fikrlash doirangizdan kelib chiqqan holda javob bergansiz.
Lekin men butun mavzularda aytib o'tganimdek, bir narsa haqida umumiy hulosa qilishdan, insonlar haqida umumiy fikr bildirishdan qochishga harakat qilaman.
Bu ham mening prensibim.
Yana aytib o'tganimdek, yuqoridagi fikrlar sizga oid tushunchalar va men hurmat ko'rsataman.
Robiyaxon, savolni javobdan qoniqish hosil qilish uchun emas, Toshkentliklarni fikrlarni bilish uchun bu savolni bergandim.
Chunki men ham 10 yil Toshkentda yashadim, ozmi ko'pmi Toshkentni suvini ichdik, Poytaht insonlarining psixologiyasini tushunishga harakat qildim, kursdoshlarim bor edi, ular bilan juda yaqin bo'ldik, uylarimizga borb keldik, qolaversa yuqorida aytganimdek Toshkenttan kelin olganmiz.
Yani aytmoqchi bo'lganim Toshkan va insoni begona emas, faqat insonlarning fikrlarini bilish uchungina so'radim bu savolni
Bu savolga faqat Toshkanlilar emas, asli boshqa viloyatdan bo'lgan a'zolarimiz ham javob berishlari mumkin