Jahon Televideniyasining faqat zarar tomonlari haqida gapirishim mumkin,to'g'ri bizda tv.da rivojlanish,o'zgarish degan narsa yo'q ammo manga bir mashhur domlam aytganlaridek Jahon televideniyasida bugungi kunda ko'ngilochar ko'rsatuvlar ko'payishi yo'li bilan ketayotganligi ma'lum hodisa.Ko'ngilocharlik dasturlar qanchalik ko'payib boraversa jamiyatdagi ma'naviy ko'rsatkichlar shu darajada pasayib borar ekan.Tv. rivojlangan davlatlarda bugungi kunda eng katta muammo bu zo'ravonlikni qayta-qayta ko'rsatilishidir(Oddiy misol boks ko'rsatayotganda bokschilarning zarbalarini yaqindan ko'rsatish,hatto ulardan sachrayotgan terlargacha ko'rsatiladi,bu esa inson psixologiyasiga ta'sir ko'rsatar ekan) 1 kunda amerikalik bola tv.da 20 ta zo'ravonlikning guvohi bo'lar ekan.1 yilda esa bu raqam 7 mingga yetadi.
Umuman olganda tv.ning salbiy tomonlari ijobiy tomonlaridan ko'pligini etirof etishadi.1981-yil Jerri Marder "Televideniyani yo'q qilish kerak"degan ekan.
O'zbekiston televideniyasida esa,bilmadim nima olsa bo'ladi o'zi?Masalan man hali hanuz biron foydali narsa ko'rmadim.Gohida majburlikdan ayrim ko'rsatuvlarni tahlil qilish uchun ko'rib qolmasam deyarli ko'rmayman.Chunki hech qanday ilm olmayman.Lekin agar O'zbekiston televideniyasi rivojlanishni boshlasa rivojlangan davlatlardagi kabi ko'ngilochar,faqat auditoriyani jalb qilishga urinadigan ko'rsatuvlar emas,mintalitetimizga xos bo'lgan dasturlarni ishlashi kere.
Bo'lmasa ma'naviy qashshoq bo'lib qolishimiz hech gapmas.