Gabriel Garsia Markesning "Buzrukning kuzi" romanini eshitib chiqdim (Baraka topsinlar, Ibrohim G'afurov juda mahorat bilan tarjima qilibdilar).
Yana Aleksandr Dyumaning "Graf Monte Kristo" romanini ham tugatdim.
Den Braunning "Da Vinchi siri" asarini ham tugatdim. Lekin asarning g'oyasi, ayniqsa, Iso Masih haqidagi turli uydirma va tuhmatlari menga yoqmadi. Asarda yahudiylik, nasorolik, ma'jusiylik, sionizm g'oyalari mohirona qorishtirib tashlangan. Iso alayhissalom haqidagi uydirmalarga kelsak, musulmon shaxs uchun Iso Masih haqida Qur'on va sahih hadislarda keltirilgan ma'lumotlar kifoya qiladi. Zero, aynan nasoro olamidagi turli mazhablarning ham Iso Masih haqidagi aytayotganlari bir-birini inkor etayotganligi fikrimizga dalildir.