Assalomu alaykum.
FineReaderda barchasi o'z holicha bo'lsa, demak Wordga olganingizda shrift", yoki "kod jadvali" haqidagi axborot "uchib ketayotgan" bo'lsa kerak.
1. FineReaderda qanday shriftda ko'rsatayotgan bo'lsa, Wordda ham shu shriftga o'ztkazib ko'rish mumkin.
2. Turkchani qo'llaydigan shrift o'rnatish mumkin.
Bu o'sha Unicode shriftlar (Arial, TimesNewRoman, Verdana...), faqat ular turkchani qo'llashi uchun adashmasam, Панель управления > Язык и регионылные настройки > Языки bo'limida bo'lsa kerak, shriftlar uchun qaysi kod jadvallarini o'rnatish opsiyasi mavjud. O'sha yerda turkishni belgilab qo'ysangiz, tog'rilanishi mumkin.
Yana, FineReaderda to'g'ri ko'rsatayotgan bo'lsa, demak sizda Windows XP bo'lsa kerak. Siz aytgan muammo Wordning eskiroq versiyasidan foydalanish sababli ham yuzaga kelishi mumkin. Yaxshisi, OfficeXP va undan keyingi versiyalardagi Wordga o'tkazgan ma'qul.
Lug'at esa O'zbek firmasiniki. To'g'risi, litsenziyali versiyasi bo'lmagani uchun qaysiligini yozmadim. Hajmi biroz katta (20 MB), shu sababli, netga joylashtira olmadim.