Bir akamiz bozorga chiqib, 1 000 000 so'mga yaxshi ot sotib olibdilar.
Bir yilcha otni boqqanlaridan so'ng, uning narxi 1 200 000 ga ko'tarilibdi.
200 000 foydani o'ylagan akaxon otni bozorga olib borib sotib yuboribdilar.
Ma'lum vaqtdan so'ng, qilgan ishlaridan afsuslanib, o'sha otni qaytarib olibdilar.
Lekin bu gal ot 200 000 so'm ziyoniga, ya'ni 1 400 000 so'mga tushibdi.
Qahramonimiz sevimli otlarini yana ancha muddat mehr berib parvarishlabdilar.
Oradan 1 yil o'tibdi, otdan zerikkan akamiz yana bozorga borib, otni sotibdilar.
Bu galgi xaridor ajoyib ot uchun 1 600 000 so'm pul to'labdi.
Savol: Qahramonimiz bu otdan qancha foyda ko'rganlar?