Savol: Birinchi kun zavol vaqti kirishdan oldin hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, qurbonlik qilish joizmi?
Javob: Hayitning birinchi kuni zavol vaqti kirmasidan oldin hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, zavoldan oldin qurbonlik qilish joiz emas. Faqat hayitning birinchi kuni zavol vaqtigacha hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, zavol vaqtidan keyin qurbonlik qilish joiz bo‘ladi. Agar Hayit namozining o‘qilishi ikkinchi yoki uchinchi kunga qoldirilgan bo‘lsa, bu kunlarda qurbonlik zavol vaqtidan oldin ham, keyin ham so‘yilishi mumkin. Hayit namozining o‘qilishini kutish kerakmas. Chunki hayit namozi bilan qurbonlik so‘yishning orasidagi tartib, adoida shart bo‘lib, qazoida shart emas. Bizga ma’lumki hayit namozining vaqti quyosh bir yoki ikki nayza yuqoriga ko‘tarilishidan zavol vaqtigacha bo‘lgan vaqtdir.