forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Pazandalik => Tortlar => Mavzu boshlandi: muxlisa 16 Mart 2012, 09:23:45
-
Asalli tort.
(http://s019.radikal.ru/i636/1203/fc/ff846964bb49.jpg)
Asalli tort haqida hali mavzu ochilmagan ekan, shunga baribir hamma shu tortni yaxshi ko'radi deb, o'zim boshlayqoldim.
Asalli tortni biladiganlar shu mavzuda o'zlarining pishirganlaridan qo'yib borishsa yaxshi bo'lardi. Chunki asalli tortni tayyorlash turlari bir nechta ekan. Man o'z bilganimni e'tiborilaga havola qilaman.
Medoviy, medovik nomi bilan mashhur bo'lgan asalli tortni yaxshi ko'radiganlar tomonidan raxmatlar behijolat qabul qilinadi.
Izohlar bo'lsa, marhamat!
-
Hozir vaqtim ziqroq edi, shunga ta'tiflarni keyingi gal yozaman. Quyidagi rasmda asalli tortni bir kundan keyin kremlari korjlarga singib turgan payti.
(http://s019.radikal.ru/i642/1203/4f/5d0c6a606183.jpg)
rasmni sifati yomonligi u-n uzr.
-
:asl3:
Zeynabxon, Tortlar mavzusida yozgandim Asalli tortni:) mayli bu ham bu yerda turaversin, qidirganlar topishi uchun, siz qanday qilarkansiz, qiziqdim:)
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6520.0
-
nyam nyam qorin ochida shunaqa mavzula turi keladiyey qasd qigande!
-
:asl3:
Zeynabxon, Tortlar mavzusida yozgandim Asalli tortni:) mayli bu ham bu yerda turaversin, qidirganlar topishi uchun, siz qanday qilarkansiz, qiziqdim:)
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6520.0
:vsl3:
Uzr, qaramasdan mavzu ochib qo'yibman. :3 Buni o'sha yerga ko'chirib qo'ying unda(malol kemasa).
Qolgan gaplarni siz ochgan mavzuda davom ettiruramiz...
-
:asl3:
Kapalak opam kirgunlarigacham mavzularni birlashtirib qo'ya qoldim :)

"Asal torti" medovıynı o'nlab turi bo'lgani uchun, Zeynabni tortlarini alohida qilib qoydim...
-
:asl3:
Zeynab, qachon yozasiz tayyorlanishini:) kutyabman:)
-
Uzr, esimdan chiqibdi:) :-[
Asalli tort recepti:
1,5 stakan shakar
200 gr asal
1 choy qoshiq soda
100 gr sariyog'
6 ta tuxum
4 stakan un.
Tayyorlanishi:
Asal va shakarni qozonchada solib aralashtiriladi. Aralashmaga issiq o'tgach, 1choy qoshiq iste'mol sodasi solib aralashrirtiladi. U ko'pirganda aralashtirib turiladi. Rangi to'q jigarrang bo'lguncha. O'rta olov bo'lishi kerak. Sariyog'ni solib olovdan olinadi. Vzivalkada(vzibalka nima deb tarjima qilingan edi? eimdan chiqib qoldi) aralashtirgan holda 1tadan tuxum solib borilaveradi. Tuxumni bir idishga hammasini chaqib tayyorlab qo'yilgan qulay. Keyin ketidan 4-4,5 stakan unni ham solib to quyuq bir-hil massa bo'lgunicha aralashtiraverasiiiz-aralashtiraverasiz : )
Endi listga yoyish protsessi:(eng yomon ko'rgan ishim)
Listlar yog'lanadi, keyin ozgina un sepiladi. Hamirni chamalab uchdan bir qismini listga qu'yiladi. Qo'lni unlab-unlab kashasimon xamirni asta-asta butun listaga yoyib chiqiladi. (yoyib chiqquncha esa odam xasta-xasta bo'ladi)
Demak, xamir uchga bo'lib pishiriladi. Xar bir korji taxminan 7-10 minutda qizib turgan duxovkada (o'rta olovda) pishadi.
Oxirgi etapi:
Pishib chiqqan korjlarni issiqligida ehtiyotkorlik bilan lapatkada ko'chirib olinadi. Sovigan korjlarni zavarnoy krem bilan yopishtiriladi.
Qo'shimcha ma'lumot:
Korjlarni chetini tekislab kesiladi. Ushoq qilib usiga sepish mumkin. (Yoki krem bilan yasatish mumkin.)
Asalli tortni ham bir muddatga o'rab qo'yilsa, yumshoq, kremlari korjlarga singib ketadi.
-
:asl3: машааллох жуда хам ширин маззали чикганга ухшиди