Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1266436 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 177 178 179 180 181 182 183 184 185 186 187 ... 270 B

_B_E_K_  20 Yanvar 2010, 11:09:04

Хозирги дунёкарашингиз ва сгаллаган илмингиз хотирангизда сакланган холда болалик кезларига кайтиб хаётингизни уша пайтлардан кайта бошлаш имконисти берилса нималар килган булардингиз ?

Qayd etilgan

Abu Muso  20 Yanvar 2010, 14:58:42

Mahdiyah - Allohning hidoyatiga boshlovchi;

 :as:
Menimcha, Mahdiyah - hidoyatlangan(ya'ni, Alloh hidoyat qilgan) ayol degani...

Qayd etilgan

Ansora  20 Yanvar 2010, 15:38:24

V.assalom. Lug'atdagi ma'nosi quyidagicha ekan: Arabcha-"Hedy" -"Hidoyatga erdirmoqdan"- "mehdi"...

"Alloh tarafidan to'g'ri yo'lga boshlangan, hidoyatga erishtirilgan, to'g'ri yo'ldagi inson", ma'nolarini berar ekan.

Misolli buyuk Turkcha lug'at. 2 chi jild. 1982 chi sahifa.

Qayd etilgan

Hadija  20 Yanvar 2010, 20:18:26

Safiyulloh ham, lekin ma'nosini bilmiman, Odam alayhissalomning ismlari shunday bo'lgan dib o'qigandim  :)...

Adashmasam, Sayfulloh Allohning qilichi degan ma'noni bildiradi deb eshitgandim.  ::)

Qayd etilgan

Mahdiyah  21 Yanvar 2010, 05:36:28

Mahdiyah - Allohning hidoyatiga boshlovchi;

 :as:
Menimcha, Mahdiyah - hidoyatlangan(ya'ni, Alloh hidoyat qilgan) ayol degani...
V.assalom. Lug'atdagi ma'nosi quyidagicha ekan: Arabcha-"Hedy" -"Hidoyatga erdirmoqdan"- "mehdi"...

"Alloh tarafidan to'g'ri yo'lga boshlangan, hidoyatga erishtirilgan, to'g'ri yo'ldagi inson", ma'nolarini berar ekan.

Misolli buyuk Turkcha lug'at. 2 chi jild. 1982 chi sahifa.

Bir kitobda bu ism ham Rasululloh  :sw: ning ismlaridan biri bo'lib, ayni "Hidoyatga boshlovchi" ma'nosida kelganini o'qigandim.

Qayd etilgan

Mahdiyah  21 Yanvar 2010, 06:22:19

Uylanmaganlar / turmushga chiqmaganlar / zaynatlargayam  ;) savol:

1. Siz uchun uning avvalgi hayoti rol o'ynaydimi?

2. Siz oila qurishni istagan qiz yoki yigit siz hoxlagandek inson, lekin oilaviy kamchilik va muammolari kam emas, bu siz uchun ahamiyatlami? Qanchalik?

3. Tasavvur qiling siz uni sevasiz, u ham sizni sevishi (sizdek) siz uchun shartmi?
Hali qurilmagan oilada (ikki yosh o'rtasida) sevgi bo'lishi kerakmi yoki yo'q?

Qayd etilgan

AbdulAziz  21 Yanvar 2010, 08:12:02

1. Ha, ahamiyatli. Lekin kim qanday bo'lsa, ungayam shundayi nasib etadi. Birovning kamchiligini ko'rganda avvalo o'zida ham shunday nuqsonlar borligini ham hisobga olish kerak. Masalan, u avvalgi hayoti ilmdan, namozdan bebahra bo'lib, keyin Alloh hidoyat bergan bo'lsa, ikkinchi tomon ham o'zining ham benamozlik, ilmsizlik kunlari bo'lganini o'ylashi kerak.

2. Kamchilik va nuqsonning qandayligiga bog'liq. Agar u kamchilik mol-dunyo, yashash tarzida bo'lsa, uning ahamiyati yo'q. Lekin qaysi yo'l bilan farzandlariga rizq yedirganining farqi katta. Agar kamchilik e'tiqodiy nuqtai nazardan bo'lsa, ahamiyati bor. "Onasini ko'rib, qizini ol", "qush uyasida ko'rganini qiladi" degan maqollar bejiz emas.

3. Hali qurilmagan oilada haqiqiy ma'nodagi sevgi hali bo'lmaydi. Islomga ko'ra, shariat doirasida tanlash jarayonida bo'lg'usi umr yo'ldoshini ko'rish, e'tibor berish, yoqtirib olishga targ'ib bor. Bu holatdagi yoqtirishda ikki tomon uchun ham xayrli manfaatlar bor. Ikki tomon ham qalbida ishonch va mehr bilan turmush qursalar, inshaalloh turmushlari xayrli bo'ladi, deb o'ylayman.

Qayd etilgan

Ansora  21 Yanvar 2010, 12:56:36

Safiyulloh ham, lekin ma'nosini bilmiman, Odam alayhissalomning ismlari shunday bo'lgan dib o'qigandim  :)...

Adashmasam, Sayfulloh Allohning qilichi degan ma'noni bildiradi deb eshitgandim.  ::)

1. Safiyullah so'zi "sofiy" (sof, toza) negizidan bo'lib, Payg'ambarimiz (S.A.V)ning isimlaridan biri ekan. Ma'nosi esa: "Butun mahluqotlarga eng loyig'i, eng fazilatlisi, eng yaxshisi va Janobi Haqning ehsoni bilan ularning orasidan tanlanib olingan top-toza zot", degani ekan. Haz. Odam (A.S)ning ham isimlaridan biri ekan. 

2. Sayfullah esa- seyf-qilich so'zidan kelgan bo'lib birgalikda "Allohning qilichi, Allohning askari, Allohning rizosini qozonmoq uchun ishlatilgan qilich", degan ma'nolarni bildirar ekan.
Sayfiddin ismi ham ayni ma'noda ekan.
Ashobi Kiromdan Haz. Holid bin Validga (r.a) berilgan unvon.

Manba: Yana Misolli Buyuk Turkcha lug'at...

Qayd etilgan

Munavvara  21 Yanvar 2010, 13:22:14

Mahdiyah, Muslima, Siddiqa, Muhseena, Robiya, Saltana(opa), Munavvara, Kumush(opa), imlaah(opa)

1. Payg'ambarimiz s.a.v ayollari, biz uchun o'rnak bo'lgan onalarimizdan qay birlariga o'hshashni, fazllariga  havas bilan qarab, o'rnak olishni istaysiz?

2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?

3. Farzand, ayniqsa qiz tarbiyasida onaning o'rni muhim! Balog'atga yetayotgan qizingizni boshlang'ich tarbiyalasida ayni nimalarga ahamiyat berasiz?

Assalamu alaykum savol uchun tashakkur!
1. Avvalo Payg'ambarimizning (s.a.v) barcha ayollari judayam havas qilgulik iymonlari, taqvolari, xulq-atvorlari, va hokazolari bo'lgan. Lekin hammadan ham ko'proq Oisha onamiz (r.a)ning fazllari judayam yoqadi va ularga o'xshashni hohlayman. 
2. Shu vaqtda uyga biron kimsa kelsa albatta onamlarga yoki biron mandan yoshlari kattalarga aytib ular bilan maslahatlashaman. Bordiyu uyda hech kim bo'lmagan taqdirda nima bo'lishidan qat'iy nazar yordam berishga harakat qilaman. Nima bo'lganini surishtirib so'ngra bir ilojini topaman.
3. Bu savolga javob berish ancha mushkil, chunki o'zim hali balog'at yoshidaman  :). InshaAlloh shu kunlar nasib qilsa qizimning yurish-turishiga, nima qilyapti, kimlar bilan gaplashyapti,nima haqida o'ylayapti, nimalarga qiziqyapti deb u bilan ko'proq suhbat qurib uni tushinishga harakt qilsam k-k...

Qayd etilgan

Chustiy  22 Yanvar 2010, 10:19:29

Uylanmagan/turmushga chiqmagan/endi farzand kutayotganlarga:

3. Sizga ma'qul keladigan eng go'zal 6 ta ism (3 tasi o'g'il bolalar, 3 tasi qiz bolalar ismi bo'lsin.)

3. Mustafo, Mujohid, Safiyulloh, Mahdiyah, Maknuna, Muhsina[/color]

Mujohid ism emas, maqom bo'lishi kerak, Jihodga chiqqan (chiquvchi) kabi ma'nolarni anglatsa kerak, huddi mutakif, muqallid, muhojir kabil.. wAllohu a'lam.

Qayd etilgan