AbdulAziz, shoir, Abdulhafiz, Ziyovuddin, ZUBAIR, Akbarjon, Muhammad Amin, Abu Muso(aka), Abu Muslim(aka), AbdurRohman, Mr Twister, Birodar larga savol.
1. Saodat asri zamonasi, ashobi ikromlardan qaysi birlarining fazillariga o'hshashga havas bilan qarab o'zingiz uchun o'rnak sanaysiz?
2. Tasavvur qiling, kech soat 23:00. Bir notanish, balog'at yoshidagi o'spirin qiz, dinimizga nomuvofiq tarbiya ko'rgan. Uyingizga sizdan yordam so'rab keldi, ko'cha bezorilaridan qochib, bunday holda siz qanday yo'l tutasiz?
3. Tasavvur qiling, siz kelajakda yetim bola asrab oldingiz. Ammo, xalqimizdagi "Yetim qo'zi asrasang og'zi qo'ling moy bo'lur, yetim bola asrasang og'zi burning qon bo'lur" maqoli kabi holat sizning hayotingizda ro'y berdi. Ayni shunday holatdan qanday chiqib ketardingiz?
1. Ulamolar aytadilar: Rasululloh SAV: "Mening ashobim yulduzlar kabidir. Qaysi biriga ergashsangiz xato qilmaysiz" deganlar. Shunday ekan, ularning har birlarining hayotlari o'rnak va ibratga to'la. Har birlarining fazllari alohida kitob bo'lishga yaraydi. Shuning uchun ham ulamolar aytadilar: "keyingi davrdagi hech qaysi avliyo, hech qaysi olim, hech qaysi tobein, hech qaysi mujtahid Rasululloh s.a.v.ning eng kichik sahobalaridan ham ustun bo'lolmaydi". Shuning uchun ajratmayman. Barchalaridan fayz olaman.
2. Avvalo bu holatni tasavvurimga unchalik sig'dirolomadim. Chunki yashayotgan joyim alhamdulillah, bu kabi holatlardan xoliydir. Tasavvur qilaylik, shunday holat yuz bersa, avvalo uning maqsadi nima ekanligini bilmagan holda unga yordam berolmayman va eshigimni bundaylar uchun ochmaslikka harakat qilaman. Chunki bunday fitnaning xonadonga kirishi undagi barakotga ta'sir qiladi.
3. Yetim asrab olishda ham duch kelganini asrab olinavermaydi. Masalan, o'z yaqinlaringiz, bilgan insonlaringizning yetimlarini asrab olsangiz, bilasiz, oilasi yaxshi tarbiya ko'rgan, ilmli xonadonning farzandi. Allohning taqdiri g'olib kelib, ota-onasi vafot etdi. Ana endi uni asrab, tarbiya qilsangiz, aslida bo'lgan ma'rifat sizning go'zal tarbiyangiz bilan yanada go'zallashadi va siz aytgan holat yuz bermaydi.