Kecha mazam bo`lmay zo`rg`a yetib borgandim ishdan uyga. Boshim shunaqa og`rivotgandiiiii! Lekin futbol davomida birdan hammasi chekindi. Madhiyamiz yangraganda yuragim titrab ketdi!
Vatan! Vatanim madhiyasi...
Futbolchilarimiz O`zbekston sha'ni uchun jon jahdi bilan kurashayotganda, butun o`zbekiston, million-million xalq ular bilan birga yugurayotganini, yiqilsa birga azob chekib, gol ursa birga qichqirayotganini his etib turdim!
Vatan! Vatan uchun edi, bularning barisi...
Nesterov jarohat olganida og`riqni o`zimda his etdim, Geynrihni maydondan olib chiqib ketishayotganda, yig`lab yuboray dedim. Menimcha butun O`zbekiston ahli ularga g`oyibona "Tur, turaqol, iltimoos!!!" deb turgandek bo`ldi.
Biz yutdik!
O`zbekiston g`alaba qozondi!
Vatan sha'ni oqlandi!
Hursandchiligimizning cheki yo`q edi! Necha milionlab o`zbeklar televizori qarshisida sakrab o`yinga tushmadi, qiyqirib "uraa!" deb qichqirmadi deysiz!
Maktabda "Vatan nima?" degan savolga javob topa olmay ikkilanib turgan qanchadan qancha o`smirlar ayni shu lahzada, VATAN nima ekanligini his etgan bo`lsa ne ajab?
olg`a, O`zbekiston, olg`a!
Sen o`zligingni isbotlashing, ENG ZO`R ekaningni ko`rsatib qo`yishing kerak!
ortingda VATAN turibdi Jeparov!
yigirma olti million xalq senga umid bog`lagan Geynrih!
Ohirigacha kurash, Ahmedov!
BIZ SEN BILAN!!!!!