OLI IMRON SURASIMadinada nozil bo‘lgan bu sura ikki yuz oyatdan iborat bo‘lib, Qur’ondagi uzun suralardandir. Unda Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida bo‘lib o‘tgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uxud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi.
«Oli Imron»da dinning asoslaridan bo‘lgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi — aqida va Allohning birligiga aloqador dalilu hujjatlar; ikkinchisi — shariat qonunlari va xususan, Alloh yo‘lidagi kurash — jihodga taalluqli amru farmonlar.
Agar «Baqara» surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida so‘z ketgan bo‘lsa, "œOli Imron"da ahli kitoblardan bo‘lgan nasroniylar to‘g‘risida so‘z boradi va ularning Iyso alayhis-salomni xudo deb e’tiqod qilishlari xato ekanligi ochiq-ravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Qur’on va Muhammad alayhis-salomning payg‘ambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi ayti-lib, bunday munkirlarga aniq xujjatlar bilan javob qilipadi.
Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa ko‘pdan-ko‘p ahkomlariga asos bo‘lgan oyatlar x,am bor. Bu surada Maryamning otasi bo‘lmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun «Oli imron» — «Imronning xonadoni» deb nomlangan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman): 1. Alif, Lom, Mim.
2. Alloh (yagona) hech bir tangri yo‘q. Faqat Uning o‘zi bor. U tirik va abadiy turguvchidir.
3-4. Sizga (ey Muhammad), o‘zidan avval tushgan kitoblarni tasdiqlovchi bo‘lgan bu Kitobni (Qur’onni) haq bilan nozil qiddi. Ilgari odamlarni haq yo‘lga hidoyat qilish uchun Tavrot va Injilni tushirgan edi. (Endi esa) haq bilan nohaqni ajratguvchi (Qur’onni) nozil qildi. Allohning oyatlarini inkor qiluvchi kimsalar uchun shubhasiz qattiq azob bordir. Alloh qudrat egasi va intiqom sohibidir.
5. Albatta Allohga na yerdagi va na ko‘kdagi biron narsa maxfiy emasdir.
6. U sizlarga (onalaringizning) qorinlarida bo‘lgan paytingizda O’zi xohlagan suratni berganzotdir.Hechbirtangriyo‘q,faqatUningo‘zibor.U qudratli, hikmatlidir.
7. U Sizga Kitob nozil qilgan zotdirki, u(Kitobdan) shu Kitobning asli mohiyati bo‘lgan muhkam-aniq-ravshan oyatlar ham va boshqa (qiyomat, jannat, do‘zax va hokazolar haqidagi) mutashobih — tushunish qiyin bo‘lgan oyatlar ham (o‘rin olgandir). Endi dillarida haq yo‘ldan og‘ish bo‘lgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va o‘z havoyi nafslariga muvofiq ta’vil-tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga ergashadilar.— Holbuki, unday oyatlarning ta’vilini yolg‘iz Allohgina bilur.— Ilmda sobitqadam bo‘lgan bunday kishilar esa: «U Kitobga iymon keltirganmiz. Hamma oyatlari Parvardigorimiz huzuridandir»,— deydilar. Va faqat ahli donishlargina pand-nasihat olurlar.
8. «Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O’z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan!»
9. «Parvardigoro, albatta Sen odamlarni hech shak-shubhasiz keladigan bir KUNga to‘plaguvchisan. Albatta Alloh va’dasiga xilof qilmagay!»