O'g'lim ikki yosh-u, uch oylik bo'ldi. Nimani bo'lsa xotiraga yozyapti. Ba'zida katta odamlardek g'alati gaplarni gapirib qoladi.
- Dada, "Masha"ni qo'yibeying.
- Yo'q, o'g'lim, hali ko'rding-ku.
- Dada, qo'yibeying, bo'masa hapa bo'laman!
- Iye, hafa bo'lma, hozir qo'yib bermayman.
- Dada, yeg'leman!
- Yo'q, yig'lama, o'g'il bola yig'lamaydi.
- Iltimos, dadajon...
-
* * *
- Dada, "Masha"ni ko'ymiman, hayvonlani qo'yibeying.
- E bo'ldi-da, hali uni deysan, hali buni. O'chirib tashlayman hamma multfilmlarni.
- Dadajon, kechiyin. Endi qo'yibeyin dimiyman.
* * *
- O'g'lim, bo'l, tezroq, pastga tushamiz.
- Dadajon, ozgina sabiy qiliin.
* * *
- O'g'lim, buni ichma, juda sovuq ekan.
- Dadajon, "baniyat shipo" dib icho'raman-ta.
* * *
- O'g'lim, dasturxonga tegma, mehmonlar hali kelgani yo'q.
- Dadajon, manam mehmonman-ta.