Qiyinchiliklarning eng qiyini odamlar bilan ishlash bo'lsa kerak. Biri sizdan minnatdor bo'lsa, birining ko'ngli og'riydi. Kimdir "otasiga rahmat!" desa, kimdir "hee..." deb qo'yadi...
Eng yomoni qilgan ishiga yarasha jazo olganidan so'ng, sening ko'nglingda yuk qoladi "bekor qilmadimmi... boshqacha yo'l tutsam nima bo'lardi... endi nima qiladi" va h.k. Agar hatolarga ko'z yumsang, ertaga undan battari kelib chiqadi.
To'rt oy oldin ishdan ketgan birisini bugun odnoklassnikida ko'rib qoldim. Statusiga "qayerda yo'qotishingni va qayerda topishingni bilmaysan" deb yozib qo'yibdi. Shu kungacha uni o'ylab yurgandim, nima qilayapti ekan endi, deb. Chunki, yolg'iz edi, bir o'zi yashardi.
Ketayotganida achingandim, endi ham... Nima bo'lsa ham odam edi. Bilardim, uni yo'lga sololmasligimni, bilardim o'nglanmasligini va bir kuni haydalishini. Ammo... bir o'zi yashardi, yolg'iz edi... odam edi.
Insonlar o'zlarini bilmaydilarda, ular sabab boshqalar ko'o'o'p o'ylanib yuradilar, bekor qilmadimmi, - deb....