Bakteriyalarga o‘rin qoldirmaydi: Asalning bakteritsid (bakteriyani o‘ldiruvchi) xossasi «daf qilish effekti» bo‘lib, bu antimikrobik xususiyat bir necha ilmiy asoslar bilan asoslanadi. Masalan: mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun kerak bo‘ladigan suv miqdorini cheklovchi yuqori qandli tarkib, bakteriyalarning ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan azotdan ularni mahrum kiluvchi yuqori kislotalilik (kichik pH) va birikma, vodorod peroksid hamda antioksidlovchilarning asalda mavjudligi bakteriya ko‘payishining oldinioladi.
Antioksidlovchi: Sog‘lom hayot kechirishni xohlagan har bir kishi antioksidlovchilar iste’mol qilishi shart. Bular hujayralardagi tarkibiy qismlar bo‘lib, normal metabolik funktsiyalarning zararli qo‘shimcha moddalarini bartaraf qiladi. Bu elementlar ovqatning aynishi va ko‘plab surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan buzuvchi kimyoviy reaktsiyalarga barham beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, antioksidlovchilarga boy oziq-ovqat mahsulotlari yurak muammolari va saraton kasalligining oldini olishi mumkin. Asal tarkibida pinosembrin, pinobaxin, krizin va galagin kabi kuchli antioksidlovchilar mavjud. Pinosembrin antioksidlovchi faqat asalda mavjud, xolos.112
Vitamin va minerallar deposi: Asal glyukoza va fruktoza kabi qandlar hamda magniy, kaliy, kaltsiy, natriy xlor, oltingugurt, temir va fosfat kabi minerallardan tarkib topgan. U V1, V2, S, V6, V5 va V3 vitaminlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning barchasi nektar va gulchanglarning sifatiga qarab o‘zgaradi. Yuqoridagilardan tashqari, asalda oz miqdorda bo‘lsa-da mis, yod va rux elementlari ham bor.
Asalning bakteriya hamda yallig‘lanishga qarshi xossalari klinik kuzatuvlar va izlanishlar natijasida aniqlandi. Asal kasallikdagi infektsiya va o‘lik hujayralarni og‘riqsiz tozalashda va yangi to‘qimalarning rivojlanishida nihoyatda foydalidir. Asaldan dori sifatida foydalanish eng qadimgi yozuvlarda ham qayd etilgan. Hozirgi kunda, shifokor va olimlar asalning jarohatlarni davolashdagi samaradorliligini qayta kashf qilishmoqda. So‘nggi 20 yil ichida asalni tadqiq qilgan yetakchi olim, Yangi Zelandiyadagi Uaykato universitetining biokimyo sohasi professori Doktor Piter Molan asalning antimikrobik xususiyati haqida shunday deydi: «O’tkazilgan tajribalar shu narsani ko‘rsatdiki, shifoxonlarda kuygan joyni davolash uchun eng ko‘p ishlatiladigan antibakterial malham, kumushli sulfadiazinga qaraganda asal kuygan yaralarga infektsiya tushirmasligi bilan eng foydalidir.» («Infektsiya tushgan jarohatlarga qarshi asal»,
www.apitherapy.com/honeysk.html)