Sarob
Har inson bu dunyoga mehmondir-mehmon,
Sahro kezib o’tguvchi — yo’lovchi karvon,
Iymon qo’lin tutsalar yo’llar farovon,
Ohirati saodatli, baxtlidir har on.
Iymonni unutsalar, cho’llarda sarson,
Jaholatga bo’tmoq ham bo’ladi oson,
Kimligini unutsa, adashsa inson,
Hayoti yaproq kabi bo’ladi hazon.
Vaqtni ortga surmoqqa berilmas imkon,
Ko’zlarda yosh o’rniga oqajakdir qon,
Jaholatdan hattoki qizarar osmon,
Sadqai odam ketgur, hazon kabi yon,
Essiz bosgan yo’llaring, kezganing tuproq,
Tuproq zarrasidan ham gunohing ko’proq,
Sarson bo’lib kezasan-kezasan biroq,
Kezgan saring manziling bo’ladi uzoq.
Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo’ladi taxting,
Islom yo’lidan ketmoq, bo’lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning — taxting,
Yiqqan barcha davlating, savlating sarob,
Hayotdagi hurmating, taxting ham sarob,
Sarobga aldanganning ahvoli harob,
Jahannamda tayindir otashin azob.
Mayli totgin ey, inson hayot lazzatin,
Lek joyga qo’y o’zganing izzat-hurmatin,
O’qib, uqib Qur’onni, bilgin hislatin,
Rizosi uchun Haqning qilgin xizmatin.
Shunda kezgan sahroying chaman bo’lgaydur,
Shunda bosgan izlaring uzoq qolgaydur,
Avlodlar hurmat ila tilga olgaydur,
Va albatta haqqingga duo qilgaydur!
Jimmy