Hijratdan keyin Olloh taolo musulmonlarning quraysh mushriklari bilan urushishiga izn berib, Haj surasining 39-40-oyatlarini nozil qildi: "Mushriklarning zulmiga uchragani uchun musulmonlar ular bilan urushishiga ruxsat beriladi. Olloh Islom dinini qabul qilgani uchungina yurtidan nohaq haydab chiqarilgan musulmonlarga yordam berishga qodirdir. Shundan keyin Haq Taolo Baqara surasining 194-oyatlarini nozil qilib, musulmonlarni urushishga buyurdi. "Sizlarga qarshi urush ochgan odamlarga qarshi Olloh yo‘lida jihod qilinglar, lekin haddan oshmanglar, Olloh haddidan oshganlarni (o‘ziga) do‘st tutmaydi. Ularni duch kelgan yerda o‘ldiringlar, sizlarni qanday haydab chiqarishgan bo‘lsa, ularni ham yurtidan xuddi shunday haydab chiharinglar. (Birovning) payini qirqish urushishdan ko‘ra yomonroq. Toki o‘zlari qurol ko‘tarmaguncha Masjidi Haromning yonida ular bilan urushmanglar, agar Masjidi Haromning yonida urush ochishsa, o‘ldiraveringlar. Kofirlarning jazosi shu. Agar ular jangni to‘xtatishsa, Olloh albatta mag‘firat qilguvchidir, benihoya mehribondir. To zarari tugab, Ollohning dini yo‘lga qo‘yilguncha ular bilan urushish, (mabodo) urushni to‘xtatishsa, zulm qiluvchilardan boshqalari bilan yovlashish durust emas."