Aziz forumdoshlarim, biri-biridan go'zal tilaklaringiz uchun rahmat, Alloh rozi bo'lsin.
Kecha yana bir maqsadimizga yetishdik. Sunnatga amal qilib farzandimizning tanglayini ko'targani imkon topolmayatgandik, alhamdulillah, kecha nasib etdi. Shayh hazratlarinikiga o'g'ilchamizni ko'tarib bordik, hazrat o'g'ilchamizni ko'rib juda quvonib ketdilar, ismini so'radi, Muhammad Umar dedik, Hazrat yana kuldilar, ''Biz ham nevaramizning ismini Muhammad Umar qo'ydik'' dedilar. Hurmo bilan tanglayini ko'tarib uzungina duo qildilar.
Kayfiyatimiz juda ko'tarildi, rahmatni quyuq qilib endi ketayotgandik, to'htanglar deb o'g'ilchamizga yaqinlashib yuzidan o'pib qo'ydilar.