Kutubxona > Alisher Navoiy asarlari

Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)

<< < (48/49) > >>

mutaallimah:
CXCII
Islom podshosining duosi va kechirim so'rash adosi


U shunday bir kishiki, uning borlig'idan zamonaga tinchlik yog'ilib turadi. Xalq doimo uning saxovat va ehsoniga shukr aytib kelgan. Bif'kishi sharq va g'arbning hukmdori shoh Abulg'ozjy Sulton Husayndir, uning ehsoni abadiy boisin!
Men uning sifatlarini, xulqini va marhamatini, adolat va insofini qanday qilib maqtay olaman! Agar men kabi yuz ming she'r yozuvchi ming yil davomida qog'oz sahifalarini uning sifatlari bilan to'ldirsa, shunda ham uning vasfining mingdan biri aytilmagan, balki yuz mingdan biri aytilmagan, balki yuz mingdan biri yozilmagan bo'ladi.
Uning madhiyasi va duosini shu bilan tamomlab, qolgan gaplarimni qush tili bilan davom etayin. U davron bog'idagi shunday bir qushki, uning hamrohi doimo saodat bo’lsin! U saltanatning yuksak osmonida sayr qilib yursin va baxt bog'ida o'ziga oshyon qursin! Bu baxt, izzat va davlat uning boshi uzra doimo hashamatli soyabon bo'lib tursin! Uning adolatli bo'stonida yuz tuman qush hech qachon zulm toshidan ozor chekmasin! Hukmi to abad davron aro barqaror boisin! Barcha insonlar va jonlar uning amriga bo'ysunsin! Davlatining dushmanlari unga tobe' bo'lishsin! U hammaning gunohidan o'tib, xalqqa himoyachi boisin!

mutaallimah:
CXCIII
Bu nazm tarixini aytish va tavba qilib, kechirim so'rash
 


Men xilvat bir joyda qalamimni yo'nib, o'zimning bu dilkash yozuvlarimni naqsh qildim. Payg'ambarlar boshlig'i Batho tarafdan Yasribga tomon yo'lga tushgandan so'ng to'qqiz yuz to'rt yil o'tganda ulusning ko'ngliga o't soluvchi ushbu asar maydonga keldi.
Men bu dostonni xuddi shu yil boshlab, shu yil nihoyasiga yetkazdim. To'g'rirog'i, bir-ikki oy bu ish bilan yaxshiroq shug'ullanib, yuqoridagi sharhni vujudga keltirdim. Kechalari turli mashg'ulotlardan bo'shagan paytlarimda bir-ikki soat vaqtimni bu asarni yozishga bag'ishladim. Doim shu tarzda g'ayrat bilan ish tutib, boshlaganlarimni tugallashga muvaffaq bo'ldim.
Yo Rab! Ushbu ajoyib, dilni sehrlovchi sho'xning vaslini menga nasib etding! Endi uni ham el ko'ziga sevimli qil, barcha ko'ngillarga yoqimli et! Garchi unda ifoda etilgan maqsadni bilib olish qiyin bo'lsa-da, lekin qush tilini el ko'ngliga ayon qilgil! Kimki undan muddao hosil qilib, marhamat yuzasidan Foniyni ham duo qilsa, uning duosini ham inobatga olgin va ikkalamiz o'rtamizda turgan pardani olib tashlagil!
Agar tab'imga bir oz xato yoki nuqson yuzlangan bo'lsa va undan qalamimga sahv yoki xalal yetgan bo'lsa, yo Rab, o'zing muruvvat ko'rsatib, barchasining gunohidan o't, yomon yozuvlarim uchun o'zing yorlaqagin! Ey karam egasi! Qanday parishon so'z aytgan bo'lsam, barchasi uchun tavba qilib, sendan ulug' ezgulik tilayman.

mutaallimah:
KO'NGILLAR HAMROZI


Galaktikamizning yer shari degan jahonida odamlar olami, hayvonlar olami, hasharotlar olami va boshqa olamlar bor. Shu olamlar orasida bolalarga ko'proq yaqini qushlar olami desak xato qilmaymiz. Shuning uchun bo'lsa kerakki, 9—10 yoshlardagi Alisher Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" ("Qush nutqi") nomli dostonini juda yoqtirib qoldi va muttasil shu doston mutolaasi takroriga ruju' qildi va butun boshli dostonni yod oldi.
Hamma asarlan dostonlar, devonlar ham Alisher Navoiy uchun bir bo'ldi-yu, "Mantiq ut-tayr" ham bir bo'ldi. U "Xamsa" dostonlariga javob yozdi. Kamol Xo'jandiy, Hoftz Sheroziy, Sa'diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylarg'azallariga tatabbu'lar bitdi. "Mantiq ut-tayr" esa, unga umrbod yo'ldosh bo'ldi. Uning bosh g'oyasi — vahdati vujud (vujud yagonaligi) va tajalliy (asl moyaning olamdagi zuhuroti) Alisher Navoiy ma'naviy hayotining mag'zini tashkil etdi. Buni atroflicha tadqiq etishni "Lison ut-tayr" falsafasini tushuntirishdan boshiagan ma'qul ko'rinadi.
"Lison ut-tayr" dostonidagi bosh qoliplovchi hikoya: jahon qushlarining yig'ilishib martaba va fazilatlariga ko'ra joy talashishlari voqeasidan tortib, qushlarning Hudhud yo'lboshchiligida Simurg'ni izlab yetti vodiydan (Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano) o'tishlari va Simurg'ni topolmay, Simurg'ni izlashga chiqqan si murg' (o'ttiz qush)ning o'zi ekanligini bilishlarida ham; dostondagi Shayx San'on qissasi va o'nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa ham bitta: olam - borliq Allohning zuhuridan iborat-dir. Qushlar (odamlar) Simurg'ni izlab (ya'ni Allohga yetishish uchun) yo'lga chiqadilar. Alloh izlashga umr sarflaydigan darveshlar yetti riyozat bosqichidan (Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano) o'tadilar va ruhga aylangach, Alloh bilan qovushadilar. Go'yo Alloh — quyoshdir, olamdagi barcha narsa va odamlar - uning nur zarralaridirlar. Tug'ilish — zarraning quyosh-dan uzilib, nurga aylanib ketishi; o'lim esa —zarraning asliga qaytib quyosh bag'riga yetishidir.

mutaallimah:
Riyozat bosqichlarining ma'nosi nima?
So'fiy (Alloh jamoli shaydosi, ya'ni Alloh fidoyisi) talab yo'liga kiradi. Allohni topishni istaydi. U talabda shunchalik izchil va fidoyiki, muttasil Alloh yodi bilan band bo'ladi. So'ng "Alloh nima?" degan masalani hal etishga urinadi va Alloh haqida bilim hosil qiladi. Allohning husn va ma'no jihatdan mislsiz vujud ekanligini bilgach, u o'zining oliy tilagiga yetib, qanoat hosil qiladi. So'fiyga husn va ma'no jihatdan Alloh o'zi kifoya qiladi. Allohning hamma sohada tengsiz va yakkavu yagona ekanligi unga kashf bo'ladi. Borliq, barcha go'zalliklar va eng yuksak aql-tamiz faqat Allohda va undangina yog'ilishi, uning asllarning ash, o'zaklarning o'zagi, moyalarning moyasi ekanligi; faqat u hamisha borligi, yakka-yagona ekanligi so'fiyni hayratga soladi. Bu hayrat shunchalik kuchliki, endi uning aqlida, ko'nglida va ko'zida faqat Alloh jilvalanadi va o'sha jilvadan hayratlanish ni-hoyasiga yetmaydi. Shu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat, kishilar, o'zligidan voz kechadi: Alloh fidoyisi o'z izlanishlarining cho'qqisi^ yetib jisman Alloh uchun faqirlikni tan olib, fano bo'ladi. Ya'ni so'fiylik istilohi bilan aytsak, Alisher o'ziga ikkinchi taxallus qilib olgan so'z - tasavvufda eng oliy kamolot bosqichiga yetgan kishidir.
Dostondagi ana shu bosh falsafiy masala Shayx San'onning sevgi qissasida qisqaroq bo'lsa-da, yaqqol ifodalangan. Majnun al-haq, ya'ni Alloh devonasi nomi bilan mashhur bo'lgan hikoyada esa, Allohning odam uchun o'zi bilmasa ham mehribonligi, uning g'amini yeyishi aks ettiriladi.

mutaallimah:
Tasavvuf ta'limoticha, olam: yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar, kapalaklar va boshqajami narsalar Allohning zuhurotidan iborat. Go'yo Alloh o'z qudratini namoyish etish uchun o'z husnini olamdagi narsalarda ifodalagan. Mislsiz aqlini mutafakkirlarda, mislsiz husnini go'zal qiz va yigitlarda namoyish etgan. Shuning uchun Laylini sevgan Majnun Laylida Alloh yuzini ko'rgan... Shayx San'on tarso sanamga ko'ngil berib, Ka'badan vqz kechib, Qur’onni o'tda yoqib, otashparastlar ibodatxonasida o't yoqib yurgatiida, ya'ni islomga qarshi xatti-harakatlarini uchiga chiqarganida u Alloh husni fidoyisi edi: tarso sanamga Alloh husniga mahliyo bo'lgandek boqar va hamma narsadan uning uchun voz kechgan edi.
Tasavvufdagi aha shu o'zak masala — olamning Alloh jilvasidan iboratligi, odamning Alloh quyoshining zarrasi ekanligi haqidagi ta'limot Farididdin Attor ijodi, Alisher Navoiy ijodi va Mashrab ijodida o'zak tomir sifatida yashaydi. Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va Mashrab Mansur Hallojning "anal haq" (men Allohman, men Allohning bir zarrasiman) degan ta'limotidan o'sgan mutafakkir mutasavvuflardir.
Tasavvuf ahli ishqning uch xilini bir-biridan farq etadilar. Birinchisi: haqiqiy ishq yoki ishqi ilohiy: insonning Allohga muhabbatidir. Ikkinchisi: majoziy ishq yoki odamning odamga muhabbatidir. Uchinchisi: pok ishq yoki yuksak ma'naviy kamolot egalarining pok ko'z bilan (g'arazsiz) pok go'zal vujudga boqib pok lazzat olishlaridir.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version