Assalomu alaykum aziz forumchilar !
wa alaykum assalam wr wb!
p.s: Hech kim alik omapti, nega odamlar salomga befarq qarashadi? yoki alik olishga g'ururimiz yo'l qo'ymaydimi? Ajabo....
Chustiy,
Salom Allohning eng muborak kalomlaridan biri emasmi?
Salom - eson-omonlikda bo'lmoq, emasmi?
Salom-"men yomon biri emasman", degani emasmi?
Salom-har kirishning boshlang'ichi va har chiqishning bitishi emasmi?
Salom-avf va mag'firat tilamoq emasmi?
Salom-yomonlikdan uzoq turmoq, degani emasmi?
Salom-Allohning rizosi, degani emasmi?
Salom-qalbdagi farog'at emasmi?
Salom- urushganlarni yarashrtiradigan so'z emasmi?
Salom- Bismillohdan keyin butun eshiklarni ochgan so'z emasmi?
Salom-kamtarinlikning huddi o'zi emasmi?
Salom- do'stlarga "ko'ngil eshigini ochgan so'z" emasmi?
Agar salom bergan qardoshimiz yuqorida sanagan sifatlarga mos salom bergan bo'lsalar edi, yozuvlarini ohiri ham shunga ko'ra bo'lardi. Lekin men shaxsan forumdagi bazi a'zolarga "do'stona yaqinlashuv va nasihat"ni his qilmadim. Bu ham balki meni "ichimni qoraligidandir" ....avf etgaysizlar....
Rabbimizning salomi hammamizning ustida bo'lsin doimo inshalloh....