Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so'radilar:
" Yo Rasulalloh,musulmonlarning afzali qaysi kishidir ? ",
" Qo'lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir"- deb javob berdilar.
Ummu Salama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar :
" Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralari eshigi oldida kimlardir janjallashayotganini eshitib,ularning oldiga chiqdilar-da : " Men ham ( sizlar kabi ) insonmen,huzurimga janjallashib kelganingizda biringiz ikkinchingizdan ustamonroq chiqib qolib,meni o'z dalillaringizga ishontirib qo'yishingiz mumkin,shunda haq qolib,nohaq foydasiga hukm chiqarib qo'yishim hech gap emas. Men xato hukm chiqarishim natijasida jabr ko'rgan bir musulmonning haqi do'zax otashining bir parchasidur,nohaq kishi uni istasa ,olsin, istamasa,olmasin,bu uning o'ziga havoladur ! " - dedilar.
Abu Hurayra rivoyat qiladilar :
" Rasululloh sallallohu alayhi va sallam :
" Hech kimsa faqat toat -ibodat qilgani bilan jannatga kiravermaydi " - dedilar.
Sahobalar : " Hattoki,siz hammi ? "deb so'radilar.
Janob Rasululloh :
" Ha, shunday, gar Alloh taolo meni o'z fazlu rahmati og'ushiga olmas ekan,men ham ( yolg'iz toat-ibodat bilan jannatga kira olmasmen) . Shu boisdan ham to'g'ri yo'ldan ozmangiz,quyushqondin chiqmangiz, o'zingizga o'zingiz o'lim tilamangiz... Gar kishining qilmishi yaxshilikdan iborat bo'lsa,shoyad yaxshiliklari yana ham ziyoda bo'lsa, va gar ul yomonlikka moil bo'lsa,shoyad insofga kelib, Alloh taolo rizoligin istab qolsa ! "-dedilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar :
" Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar :
" Kimki birovga ( xoh ma'naviy, xoh moddiy va xoh jismoniy ) zulm qilgan bo'lsa,bugunoq,dinoru dirham bo'lmaydigan kun ( Qiyomat ) kelmasidan burunoq uning oldida o'z gunohini yuvsin !
Agar zolim kishi bu dunyoda amali solihlar ham qilgan bo'lsa,ularga tegadirgan savoblardan qilgan zulmiga yarashasi olib qo'yilur. Basharti amali solihlari bo'lmasa,zulm ko'rgan kishining gunohlaridan olinib,uning bo'yniga yuklanur "