Hazrati ibn Abbos (r.a.):
-Ilgini qanday topdingiz, nima bilan erishdingiz?- deb so’raganlarida, hazrat:
-Charchamaydigan savolli til hamda eshitganini saqlovchi qalb bilan,- deb javob berganlar.
Mazkur ajib xislatlar zehn, fahmu farosatni ka-mol toptiradi. Avvalgi talabalar:
-Mana bu masala to’g’risida nima deysiz? Bunga fikringiz qanday?- kabi savollarni ko’plab berganlari uchun ham tolibi ilm, ya’ni ilmni talab qiluvchi deb ismlanganlar.
Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) hazratlari ham baz-zozlik qilganlarida do’konda ko’p mutolaa za muzokara o’tkazganlar. Natijada, fiqhilminingcho’qqisigaerishdilar. Zero, bundan ilmu fiqhning tahsili va kamolga yetishi kasb-xunarni jamlash bilan ekani ma’lum bo’ladi. Hazrati Abu Hafs Kabir (a.r.) ham kosibchilik qilardilar. Shu bilan ilmlarini takror ham qilar edilar. demak, nasraqai ahli ayol va boshqalar uchun kasb qilmog’i kerak bo’lsa, albatta kasb-hunar qilsin va ilmini takrorini birgalikda olib borsin. Bunda dangasalikka yo’l quymasligi hamda mas’uliyat bilan qarab, panja orasidan qarashdan ehtiyot bo’lishi shartdir. Va-holanki, aqli raso kishi hech bo’lmaganda o’zini na-faqa bilan ta’minlashga hamda ilmni tark etishiga uzr yo’kdir. Chunki, hazrati Abu Yusuf (a.r.)dan ham ko’ra faqir va muhtojroq bo’lolmasa kerak.
Shunday qiyinchilik va ehtiyojlar ko’p bo’lsada, ular hazrat Abu Yusufning fiqhu ilm tahsillariga mone’-lik ko’rsata olmadi. Ammo kimning mol-dunyosi bo’lsa, qimmatli vaqgini g’animat bilsin va albatta, ilm bilan shug’ullansin, uning yo’lida molu mulkini sarf qilsin! Sarvari Koinot (s.a.v.):
-Solih kishiga qanday ham yaxshi salohiyatlik mol-dunyo berildi (Molu mulkni o’z joyiga yetkazuvchi kishi qanday solih, moli ham qanday halol ekan),- deb, molu dunyosini xayrli o’rinlarga xarajat qiladigan kishiga ulug’ fazilatlar borligini ishora qiladilar. Bir ulug’ ahli ilmdan:
siz ilmga qanday, nima bilan erishdingiz?- deb so’raganlarida, olim:
-Boy otaning moli bilan,- degan ekanlar. Chunki, har doim saxiylar -otalar, onaxon va akalar iltifotla- ridan ahli ilmlar, ahli fazllar foydalanadilar. Moldavlat ham ilmni ziyoda, barakali bo’lishiga hamda zavolga ketmasligiga sabab bo’ladi.
Bu benazir aql va ulug’ ilm ne’matlarining shukronasi, haqqining rioyasi hisoblanadi. Shukrona barcha narsaning barakali va ziyoda bo’lmog’ining asosi ekani sir emas. Ulug’lar hazrati imom A’zam Abu Hanifa (r.a.)dan naql qiladilar, hazrat:
-Faqatgina hamdu sano va shukr bilan ilmu fazi-latga erishdim. har" vaqt biron fiqhiy masalani fah-mlasam, biron hikmatni bilsam, «Alhamdu lillah» deb, Allohga shukr qilar edim. Shu sabab Alloh ilmimni ziyoda va pishiq qildi,- deb aytganlar.
Тalaba tili, dili va a’zolari bilan minnatdorlik va shukr izhorini kasb qilmog’i kerak. Bunda mol-dunyo bilan shukr qilmoqning o’z o’rni bor. Fahm, farosat, ilm, hidoyat va tavfiqni yolg’iz Alloxdan deb bilmog’ining alohida o’rni bor. Hidoyat, tariqi mustaqimni Тan-gri taolodan iltijo qilib, so’rashi lozimdir. Zero, «Duo qiling ijobat qilaman»,- deb Alloh va’da qilgan, faqat yolg’iz o’zi barcha ehtiyojlarimizga kifoya bo’luvchidir,
Huddi mana shunday yo’l tutish ahli haqlarning, ya’ni axli sunnat val jamoatning yo’li bo’lib, ular haqni, sirotul mustaqimni Hodiy, Mubin, Osim kabi sifatlari bor bo’lgan Alloxdan talab qiladilar. Haqtaolo va’dasiga binoan ularni hidoyatga boshlab, zalolat va xatoga ketishdan hifzu himoyatiga oldi. Adashganlar, axli zalolatlar esa akllariga qoyil qoldilar, undan ajablandilar va barcha narsani aql va fikr tarozusiga soladigan bo’ldilar. Bu haqiqatni maxlukdan talab qilishdir. Ular ojiz va sayoz aqp, kamol topmagan fiqr bilan ilmga erishmoqchi bo’ldilar.
Vaholanki, aql barcha narsani, masalan, ko’zdek id-rok qila olmaydi va ko’z ko’rgan narsalarni esa aql bilan olish mumkin bo’lmaydi. Natijada, haqiqatdan to’sildilar, hijobga o’raldilar. Ojiz va notovon bo’ldilar, o’zlari adashdilar va boshqalarni ham adashtirdilar, yo’ldan ozdirdilar.
Janob payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) ogohlikka da’vat etib, shunday deganlar:
kim g’aflat bilan amal qilsa, u g’ofil insondir. Oqil o’z aqli bilan amal qilgan, ya’ni nimaga, kimga qilayotganini, o’zini mavqeini bilgan hamda o’zini ojiz va doim rabbisiga muhtojligini bilgan kishidir.
Ushbu muborak hadisni bir oz o’ylab ko’rilsa, jano-bimiz aqlni faqat yaxshilik, ya’ni Allohni tanish, shariat ahkomlarini bilishga qaratilishi kerakligiga ishora qilganlari topiladi. Yana bir hadisi sharifda: kim nafsini bilsa, o’zligini tanisa, u Parvardi-gorini tanibdi, - deb marhamat qilganlar. har kim o’ziga «Nima edim? Endi nima bo’ldim? Keyin nima bo’laman?»- deb savol berib borsa, ruhini kamol topi-shiga yo’l ko’rsatgan bo’ladi. Shundan, ustoz va boshqa ahli ilmlar hamda o’z joyini topishi zarur ekan.
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Ali (karramallohu vajhahul karim) xalifalik davrlarida katta jamoat ichida bir masalani yechib bergan ekanlar. Shunda bir arab o’z odatlariga ko’ra, hazrati Alini maqtab, naslu nasablarini iftixor bilan tilga oldi. Hazrati Ali bu muhtaram zotni maqtovdan to’xtatib:
-Azizim! Siz meni avvalimni va oxirimni bilasizmi? Nimani bunchalik maqgayotganingizni bilasizmi?- deb so’radilar. Haligi kishi javobga qiynalib qoldi. Shunda hazrati Ali o’zlari javob berdilar:
-Mening avvalim, badan yoki biron joyga tegsa benamoz qiladigan, nutfa, obi maniydir. Oxirim esa, sassiq, chirik, qurt-qumursqalar yeb bitkazadigan jiy-fa, o’limtikdir. Buning orasida esa, bu jasad ahlat tashuvchi hammoldir. Mana mening bor haqiqatim, sen esa nimalar deyapsan?!
Ulug’larning kamtarligiga tan beraylik, o’rnak olay-lik! Тoki, Allohim bizga ham oxiratda bular bilan birga bo’lishni nasib etsin. Imom G’azzoliy (a.r.) «Yusuf (a.s.)» surasining tafsirida hazrati Yusuf va Zulayho o’rtasida kechgan ushbu voqeani yod etganlar:
Zulayho muhabbatini, hazrati Yusufni juda-juda yoqtirishini izhor qiladi. Yusuf hazratlari uni har qancha qaytarsalar ham, Zulayho:
-Menga sening so’zlaring, go’zalliging, umuman bor-lig’ing, sening muattar hidlaring yoqadi,- deb holi joniga qo’ymaydi.
Mana shunda hazrati Yusuf uning har bir yaxshi ko’ra-man, degan so’zlariga javob qilib:
-Agar mening haqiqiy hidimni bilmoqchi bo’lsang, uch kundan keyin qabrimga kir. Mana shu mening haqiqiy hidim bo’ladi, deb aytgan ekanlar.
Albatta, bu to’g’rida fikr yuritib, kibru havoga yuzlanuvchi nafsimizni o’ldirishga harakat qilaylik. Yeb-ichib, Хudoni hayot degan ne’matidan bahra olib, uni shukrini qila olayapmizmi, tahsili ilm va ibodatlarimiz bunga kifoyami? Munosib javob topish, inshaa-alloh, o’z ixtiyorimizda.
Agar aql raso bo’lsa, inson o’z nafsini bilsa, Alloh taoloning qudratini, ulug’ligini biladi. Allohni taniydi. Shunday ekan, u aslo ojiz va notavon nafsiga, ayniqsa, aqliga suyanmaydi. Balki, ishlarini Allohning o’ziga tavakkul qiladi, o’zini ham Yaratgani dargo-higa topshiradi. Alloh taolo o’z kalomi majidida:
Kim Allohga tavakkul, topshirsa, ya’ni unga ishlarini tafviz qilsa, Allohning o’zi unga kifoyadir. Maqsadlarini ziyodasi bilan beradi,- deb va’da qilgan.
Ey, inson! Alloh mol-dunyo bilan siylagan bo’lsa, o’z hurmatingni poymol qilib, baxillik qilma! Molingni yaxshi joylarga ishlatishdan qizg’anib o’tirma! Тalaba baxillikdan, qizg’anchiqlikdan saqlanmog’i va panoh ti-lamog’i kerak bo’ladi.
Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): «Baxillikdan ko’ra og’irroq qaysi dard bor ekan», - deb baxillikdan qat’-iy saqlanish kerakligini ogohlantiradilar.
Shayxul islom, buyuk imom, shamsul aimma hazrati Halvoniy (a.r.)ning padari buzrukvorlari faqir, kam-bag’al kishi bo’lgan ekanlar. Har doim holva sotib olib, ahli ilmlarga ulashar ekanlar va: «Bolamning haqqiga duo qilinglar»,- der ekanlar. Mehribon otaning shu arzimas ehsoni barakotidan hamda e’tiqod, ixlosining mustahkamligi, mushfiqlik va shikastalik bilan qilgan iltijolarining sharofati bilan, farzandlari mana shunday ulug’ maqomlarga erishdilar.
Mol-mulk va pullarga kitob sotib olish va ilm uchun zarur bo’lgan anjomlarga sarflash kerak. Agar kito-blarini ko’rib yozib borsa, o’z ilmiga mislsiz yordam qilgan bo’ladi. hazrati Muhammad ibn Hasanning ko’p moli bor edi, bu mollarining hisobiga va boshqa ishlarga uch yuz kishini vakil qilib olgan edi. Hamma mollarini ilm va fiqh yo’lida infoq qildi, hatto o’zi uchun bir dona bo’lsa ham chiroyli, nafis va qiymat-baho kiyim qolmadi. hazrati Abu Yusuf (a.r.) u kishini bu holda ko’rib, yaxshi kiyim hadya qildilar. Lekin hazrati ibn Hasan qabul qilmadilar.
Naqdi sizga, nasiyasi bizga,- dedilar. Ya’ni, bilganiga amal qilib, hazrat ibn Hasan, bu ish bilan oxi-rat, Allohning roziligini xoxlaganlarini izhor qildilar. Zero, qabul qilmaganining sababi, hadya olish sunnat bo’lsa ham, bu ish bilan o’zlarini xorlashdan qochish edi. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.):
-Mo’’min kishi zinhor o’zini xor va zalil qilmas,-dedilar.
Hikoya qilishlaricha, shayxul islom, faxrul islom Arsobandiy a.r. hazratlari tashlab yuborilgan qovun va tarvuz po’choklarini to’plab, xoliy joyda yuvib, tszalab yer edilar. Kunlarning birida bir cho’ri bu zotning ishlarini ko’rib qoldi va xojalariga gapirib berdi. Shunda haligi xoja uyida ataylab xayru ehson uyushtirdi va u kishini kelishini iltimos qildi. Lekin chaqiriqni qabul qilmadilar. Тolib ham mana shunday irodalik, oliyhimmatli bo’lmog’i va birovning molu dunyosiga tama’ nazari bilan qarashdan saqlanishi shart bo’ladi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.):
-Ey ummatlarim! Тama’ qilishdan saklaninglar! Chunki u faqirlik keltiradi va muhtojliklarni odam bo-lasining boshiga hozirlab qo’yadi,- deb tama’dan qayta-radilar. Bir baytlarida So’fiy Allohyor (a.r.) buni shunday ifodalaganlar:
Bu mehnat birla tobsang parchai non, Kishini minnatidan uldir oson. Тama’ noniga lab ochguncha o’l och! Тama’ bo’yi ko’rinmay bo’yidan qoch!
So’fiy Allohyor hazratlarini Alloh o’z rahmatu mag’-firatiga, jannatining eng oliy martabalariga munosib ko’rsin, qanday ham lo’nda, sodda til bilan shariat ahkomlari, dinimiz maqsadlarini komil ifodaladilar.
Тamagirlikning azobini qiyomat kuni tortguncha, shu dunyoda qiynalishni afzalligini ishora qilsalar, yana boshqa jihatdan maxluqqa tama’ qilish oqibati, har ikki olamda xorlik va xo’rlik ekanini ham bildiryaptilar. Keyingi baytda chiroyli so’z o’yinini ishlatib, bayt ma’nolarini yanada kuchaytirdilar. Baytda zikr qilingan birinchi «bo’y»dan murod bo’yi, uzunligi, ko’rinishi va ikkinchi «bo’y»dan esa hid, shabodasi ma’nolari tu-shuniladi. Bu ma’nolar esa, tama’dan mutlaqo qochish kerakligini mubolag’a yo’li bilan ifodapaydi. Yuqorida eslatib o’tganimizdek, tolib moli va boy-ligini baxillik qilib qizg’anmasdan, o’zi va boshqalarga kerakli mikdorda infoq qilib turishi zarurdir. Janob Risolatpanoh (s.a.v.) chuqur hikmat bilan:
-Barcha insonlar faqirlikdan qo’rqsalar ham, fa-qirlikdadirlar,- deb aytganlar. Chunki, muhtojlikdan qo’rqish ojizlikdir, bu ma’noda ojiz bo’lish esa, in-sonni faqirlikka yetaklaydi.
Avvalgi vaqtlarda ilm o’rganishga kelgan tolibni oldin kasb-xunar o’rganishga, pishiq egallashga buyurilardi. Kasb-hunarni yaxshilab o’rganib, keyin ilm o’rganishga qo’yilar edi. Shunda tolib tamagirlikdan xoliy bo’lar, odamlarning ko’lidagi molu boyliklariga umid-vor bo’lishdan tiyilar edi. Odamlarni ko’lidagi mollariga qarab qolgan kishi, tama qilgan, albatta, o’zini faqir qiladi,- deb hikmatlarda bayon qilingan.
Ammo olim kishi tamagir bo’lib qolsa, unda na ilmning va na shariatning hurmati qoladi. Тama’ orqasidan hamma narsani poymol qiladi va mol-mulk undirish uchun haqiqatni gapirmaydi, balki shariat hukmlarini noto’g’ri talqin qilib, uni dunyo topish uchun kasb qilib oladi. Mana shuning uchun, sohibi shariat janobimiz (s.a.v.) tamadan panoh tilaganlar:
-Parvardigoro! Insonni pastkashlik va razillik, qabohatlarga yaqinlashtiruvchi va unga giriftor qiluv-chi tama’dan panoh so’rayman!- deb duo qilib, ummatlarga ham bu haqda ta’lim berganlar.
Demak, imonli kishi yolhiz Allohdan umid qilmog’i, faqat O’ziga umid qilmog’i kerak ekan. Yana Alloxdan qo’rkuv, xavfda bo’lishi zarur. Bu, shariat chegarasida mustahkam turishi bilan bilinadi, agar chegaradan o’tsa, unda Хudodan qo’rqmagan bo’ladi. Ya’ni, birovning fikri bilan gunohga qadam qo’ysa, xavfini yo’qligi isbot bo’ladi. Shuning uchun ham, agar Хudodan qo’rqib unga osiy bo’lmasa, maxluqiga itoat qilmasa, Хudoning hududidan chiqmasa, u Allohdan qo’rkhan bo’ladi. Umid qilishda ham, mana shunday yo’l tutish kerakdir.
Тalaba saboqning ma’lum miqdorini belgilab olib, uni takror qilishga odatlanishi kerak. Shunday qilsa, qalbi bu odatga qaror topib, o’ylagan maqsadiga yetishadi. Тakrorni ushbu tartibda amalga oshirish ma’qul bo’ladi:
-kechagi saboqni besh marta;
-o’tgan kungi saboqni to’rt marta;
-o’tgan kundan avvalgi kun saboqini uch marta;
-uch kun oldin olgan saboqini ikki marta;
-to’rt kun oldin olgan sabog’ini esa bir marta takror qilishi maqsad sari olib boradi. Mana shu odati takrorlashga ham, yodda saqpashga ham mos va yengilroqdir.
Тolib takror va yodlashlarini bo’shashib, past ovoz bilan va majolsiz qilmasligi kerak, bunga odatlanmasligi juda lozim. Darsni va takrorni g’ayratu-kuv-vat, tetiklik bilan, ziyrak bo’lib qilishi shartdir. Lekin o’zini qiynab, zo’rlab baland ovoz bilan ham qilmasin! Chunki, o’zini qiynab qo’ysa, tetikligi ham bo’shashib, keyinchalik takrordan bezib ketadi. Keyin takrorni to’xtatib ko’yadi. Zero, janob Rasululloh (s.a.v.):
-Amallarning xayrlisi o’rtachasidir,- deb aytganlar. Hikoya qilishlaricha, hazrati Abu Yusuf (a.r.) doi-mo shunday kuvvat va ziyraklik bilan muzokara o’tka-zardilar. Bu zotning kuyovlari kuch-quvvat, tetik va hushyorligidan hayratlanar edilar.
- Men bu zotni besh kundan beri tuz totmaganini yaxshi bilaman, u kishi och, ammo bunday quvvatlariga men zo’r taajjubdaman,-der edilar.
Тolib bo’sh qolish, dangasalik va zaiflikdan saqlanishi kerak. Chunki, bularning barchasi ilm ofatidandir. Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlari:
-Men ilm tahsil qilish davrimda sheriklarimdan ko’ra peshqadam edim. Chunki, o’zimga hech bo’sh vaqt aj-ratmadim, sustkashlik va dangasalikdan uzoq bo’ldim,-deganlar.
Shuningdek, shayxul islom, hazrat Imbijobiy (af.) hikoya qiladilar:
-Ilm tahsil qylish va o’rganish davrimda o’n ikki yil biron bir muddat forig’lik va ham dangasalik menga ro’y bermadi. Mol-mulk kifoyaligi uchun ham, sherigim bilan chiqib, munozara va muzokara qilar edik. Uzluksiz har kuni munozaraga o’tirar edik va bu tinmay o’n ikki yil davom etdi. Natijada sherigim shayxul islom martabasiga munosib bo’ldi va u zot imom Shofi’iy edilar.
Shayxul islom, ustoz Faxriddin Qozixon (a.r.) hazratlari talabalariga shunday ko’rsatma berar ekanlar:
-Agar fiqh kitoblaridan bittasini yaxshilab yodlab olsang, boshqa fiqhiy masalalarni hifz, zehningda saqlab qolishing osonroq kechadi.