Assalomu alaykum. Aziz forumdoshla, men sizlarga bir narsani taklif qilmoqchi edim. O'zim yoshligimdan "Zakovat" klubiga a'zo bo'lishni xohlaganman. Shuning uchun agar kimda-kim o'z bilimiga ishonib va ilm olish maqsadida bo'lsa, kelinglar birgalashib, o'zimizning "Zakovat" intellektual klubimizni tuzamiz va har shanba kuni o'yinlarda ishtirok etamiz. Bu haqda YURIST bilan ham gaplashdi, u kishi ham shu fikrda yurgan ekan. Ammo u kishi bizning guruhga qo'shila olmaydi, chunki o'zlarining komandasi bor va boshqa guruhga qo'shilish mumin emas ekan. U kishi yana Ziyochilarni o'yinlarga tayyorlashi ham mumkin. Sizlardan javoblarni kutib qolaman.