Yigirma oltinchi tavsiya.
Fotiha surasining fazilati.
Abu Huaryradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasulullohning sav shunday deganlarini eshitdim:"Alloh taolo marhamat qildiki,"Namozni O’zim va bandam orasida ikkiga bo’ldim. Bandam uchun istagani beriladi".
Boshqa bir rivoyatda esa quyidagicha:"Namozning yarmi menga, yarmi bandamga oiddir. Banda:"Alhamdulillahi Robbilo’lamiyn", deganida, Alloh:"Bandam manga hamd aytdi", deydi. Banda:"Ar-Rohmanir Rohiym",deganida, Alloh:"Bandam meni maqtadi", deydi. Banda:"Maliki yavmiddin", deganida, Alloh:"BAndam meni ulug’ladi", deydi. Banda:"Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn", deganida, Alloh:"Bu Men bilan bandam orasidadir. Bandamga istaganini beraman", deydi. Banda:"Ihdinas — sirotol mustaqiy, sirotollaziyna an’amta alayhim g’oyril mag’zuubi alayhim valazzolliyn", deganida, Alloh:"Bu bandam uchundir va bandamga istagani beriladi", deb marhamat qiladi".
Imom Muslim.
Abu Said al-Mualliydan r.a. rivoyat qilinadi:"Masjidda namoz o’qiyotgan edim, Rasululloh sav meni chaqirdilar, men darhol javob bermadim. Keyin yonlariga bordim va:"Yo Rasululloh sav men namozda edim", dedim. Buni eshitib shunday marhamat etdilar:"Alloh taolo:"Sizni chaqirganida Alloh va Rasuliga javob bering",deb buyurmaganmi?" (Anfol surasi, 24-oyat mazmuni)
Keyin yana aytdilar:"Sizga masjiddan chiqishdan avval senga bir sura o’rgataman, bu Qur’ondagi eng ulug’ suradir". Qo’limni tutdilar va masjiddan chiqayotganimizda men:"Yo Rasululloh sav, Siz Qur’ondagi eng ulug’ surani o’rgataman, degan edingiz", dedim. Shunday marhamat etdilar:"Alhamdulillahi Rabbil’olamiin,bu Sab’ul-Masaniydir va menga berilgan eng ulug’ suradir".
Imom Buxoriy, Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja.