Assalam alaykum warahmatullohu wabarakatuh. Albatta har bir ishda, chek-chegarani bilish kerak deb o'ylayman, lekin, bizning muqaddas dinimiz islom bundan mustasno deb bilaman, Alhamdulillah Alloh taolloh o'zi hidoyatga chaqiribtimi, islomni qanchalik chuqurroq o'rganibtimi, bunga faqatgina shukurona aytish kerak. Albatta, fikrimcha ota-ona uchun eng aziz bu farzand deb bilaman, lekin nega ayrim ota-onalarimiz farzandini tushunmaydi, Alloh farzandini hidoyatga chaqirib ota-onasi uchun go'zal namuna qilib qo'ysa, nega ota-onalar o'rnak olmaydi, o'z farzandidan.
Istardimki hurmatli ota-onalarimiz, Alloh yo'lida qilayotgan solih amallarini qilishda to'siq bo'lmasinlar, muslima qiz farzandlari hijobga kirmoqchimi, ruhsat bersinlar, zero ertaga savol-javobda Alloh oldida yuzlari yorug' bo'lsin. Namozlarida ham 5 mahal namozdan boshqa nafl namozlarida ham o'qishlikda o'zlari o'qishga chaqirib turtki bo'lsalar. Qur'on o'qishni o'zlari o'rgatib, hofizi talaba bo'lishlikka o'zlari yordam bersalar.
Fikri ojizimcha bunday ota-onalardan Alloh ham rozi bo'lardi. Alloh barchamizni o'z hidoyat yo'liga chaqirib, o'zi suygan bandalari qatoridan qilsin. Alloh yo'lida maqbul bo'ladigan, dunyo va oxiratimizga foydasi tegadigan amallar bersin. AMIN.